Universitetda 25 yildan buyon boş hisobçi lavozimida işlab kelgan şaxs, rektor va yana 11 kişi jinoiy reja tuzib, jami 53,6 mlrd söm davlat budjeti mablağlarini talon-toroj qilgan. Ular turli yöllar bilan stipendiya, kontrakt, rağbatlantiriş, yotoqxona pullari va boşqa mablağlarni özlaştirişgan. Buning uçun hatto talabalarning imzosi, boşqa hujjatlar qalbakilaştirilgan.
Andijon davlat universitetining bir guruh mansabdorlari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Uşbu jinoyat işi doirasida 13 kişi ayblangan. Ular orasida 1998 yildan beri Andijon davlat universitetida boş hisobçi lavozimida işlab kelgan Alimjon Mahmudov, sobiq rektor Akrom Yöldoşev, hisobçilar, boş auditor, öqituvçi va boşqalar bor.
Sud hukmida keltirilişiça, uşbu 13 kişi birgalikda jinoiy faoliyat olib boriş uçun uyuşgan guruh tuzib, vazifalarni özaro taqsimlab olişgan.
Uyuşgan guruh quyidagi holatlarda budjet mablağlarini talon-toroj qilişgan:
- 2019-2023 yillar davomida 8 ta holatda stipendiya oluvçi talabalar sonini sun’iy ravişda oşirib, stipendiya naqd pul körinişida tölab berilgani haqida talabalar imzosini qalbakilaştiriş orqali aslida bu pullarni ularga tarqatmasdan 32 mlrd 94 mln söm;
- 2021-2023 yillar davomida rağbatlantiriluvçi talabalar sonini sun’iy ravişda oşirib, talabalarning imzolarini qalbakilaştiriş orqali takroran soxta tölov varaqalari tuzişib, berilgan pullarni kontrakt hisob raqamiga topşirib qöygan holda 2 mlrd 697 mln söm;
- 2019-2023 yillar davomida naqd pul körinişida qabul qilib olingan 14 mlrd 408 mln söm tölov-kontrakt puli. Uyuşgan guruh talabalarning UzASBO dasturiy majmuasida şakllantirilgan tarixiga göyoki uşbu tölov-kontrakt pullari tölanganligi töğrisida soxta ma’lumotlarni kiritib qöygan;
- 2019-2023 yillar davomida talabalar turar joy ijarasi uçun tölagan, qalbaki hujjatlar bilan universitetga kirim qilingani körsatilgan, aslida kirim qilinmagan 2 mlrd 663 mln söm;
- Davlat xaridlari bilan boğliq 545 mln söm.
Alimjon Mahmudov 7 ta turli rusumdagi maşinalarni yaqin qarindoşlari nomiga rasmiylaştirib, jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni mulkka aylantiriş yöli bilan legallaştirgan. Maşinalar orasida 2023 yilda öğlining nomiga rasmiylaştirgan 2 mlrd 64 mln sömlik BMW X7 maşinasi ham bor. Şuningdek, u 2023 yil oktyabr oyida jinoiy faoliyati natijasida qölga kiritgan 6 mlrd 621 mln söm pul mablağini öğlining tanişi bölgan şaxsning bank plastik kartasiga ötkazib, göyoki uning nomidan omonatga qöygan.
Bundan taşqari, sud hujjatida boş hisobçi va rektor xodimlarning ustama, rağbatlantiriş pullarini ham qalbaki hujjatlar orqali özlaştirişgani keltirilgan.
Alimjon Mahmudov sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirgan.
Universitet rektori lavozimida işlagan Akrom Yöldoşev esa aybiga iqrorlik bildirmagan. U yöl qöyilgan kamçiliklarda özining xatosi borligini tan olgan, lekin uyuşgan guruh tuzişib, hujjatlarni soxtalaştirgan holda budjet smetasi qoidalarini buzganlikda qöyilgan ayblovlarga e’tirozi borligini ma’lum qilgan.
“Biologiya yönalişi böyiça pedagogman. Özi rahbar bölib işlagan davrda buxgalteriya sohasini yaxşi tuşunmaganim sababli universitetning moliyaviy iqtisodiy yönalişlarini nazorat qila olmadim. Asosan ta’limni rivojlantiriş, yoşlar işlari böyiça işlab, mahalliy xokimiyat topşiriqlarini bajarib keldim. Özim iqtisodçi bölmaganim uçun boş hisobçi Alijon Mahmudovga işongandim.
Özlaştiriş va rastrata qilingan mablağlardan umuman manfaatdor bölmaganman. Universitetda moliyaviy işlar böyiça prorektor, içki audit, moliya reja bölimlari faoliyat yuritib kelgan. Ularning ham işlarini nazorat qila olmaganman. Juda köp miqdordagi pullarning özlaştirib yuborilganida özimning xatom qöl ostimdagi xodimlarning işlarini nazorat qila olmaganim, deb bilaman”, degan sobiq rektor öz körsatmasida.
Şuningdek, Akrom Yöldoşev tergov davrida öz imkoniyatidan kelib çiqib, 1 mlrd sömdan ortiqroq zararni qoplaganini, 2019-2023 yillar davomida talabalarning UzASBO dasturida kontrakt pullari tölangani töğrisida soxta ma’lumotlar kiritilib, 14 mlrd 408 mln söm kontrakt pullari özlaştirib yuborilganidan xabari bölmaganini bildirgan.
12 nafar sudlanuvçi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybli deb topilgan hamda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
Xususan, boş hisobçi lavozimida işlagan Alimjon Mahmudovga 3 yil davlat organi va davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş, şuningdek, BHMning 310 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Sobiq rektor Akrom Yöldoşevga esa 3 yil davlat organi va davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş, şuningdek, BHMning 310 baravari miqdorida jarima jazosi berilgan.
Universitetda öqituvçi bölib işlagan A’zam Hamroqulov iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi va BHMning 300 baravari miqdoridagi jarima jazosiga tortilgan.
Jinoyat işi böyiça Andijon davlat universitetiga yetkazilgan 53 mlrd 698 mln söm zararni qoplaş uçun DXX Andijon viloyati böyiça boşqarmasi depozit hisob raqamiga Alimjon Mahmudov (boş hisobçi) 31 mlrd 78 mln söm, Iskandar Isroilov (hisobçi) 5 mlrd 175 mln söm, Akrom Yöldoşev (rektor) 1 mlrd 168 mln söm, Nodir Röziboyev (ADPI işlar boşqarmasi boşliği) 500 mln söm, Dilşod Abdimöminov (boş auditor) 442 mln söm, Lutfullo Soliyev (moliya-reja bölim boşliği) 145 mln söm, Şuhrat Mamajonov (ğaznaçi) 120 mln söm topşirgan.
Bundan taşqari, xatlangan 7 ta maşina, bitta mehmonxona, 3 ta uy, tilla taqinçoqlar sotilib, sotuvdan tuşgan pullar ham zararni qoplaşga qaratilişi belgilangan.











