6 aprel kuni Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialida Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alişer Sultonov va «Özbekneftegaz» AJ rahbariyatining talabalar bilan uçraşuvi bölib ötdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. 

Tadbir davomida 2007 yildan buyon filialning talabalari va professor-öqituvçilari, şuningdek ayrim talabalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot işlari taqdim etildi. Uşbu qisqa taqdimotlar şundan dalolat beradiki, filial talabalari ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi bevosita aloqaning yuksak salohiyatidan yaxşi xabardor va umuman, mahalliy neft va gaz sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga kötarişda ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etişini yaxşi tuşunişadi va şu asosda ilmiy işlar olib borişmoqda.

Yoş mutaxassislar tayyorlaş uçun tegişli şaroitlarni yaratiş va bu borada ta'lim sifatiga e'tibor qaratiş Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 3 aprelida sohaga oid çora-tadbirlarni takomillaştiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda ta'kidlangan edi. Jumladan, davlat rahbari keng miqyosda fikrlaydigan, taşabbuskor yoşlarning mutoalaa madaniyati, IT böyiça bilimlarini oşiriş, yoşlar tomonidan kompyuter dasturlarini yaratiş va bu borada ularning qiziqişlarini rağbatlantiriş, ularni madaniyat va san'atga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etişga alohida e'tibor qaratiş lozimligini ta'kidlagan edi. 

Şu bilan birga, zamonaviy fikrlovçi yoş avlodni voyaga yetkazişda ilğor va innovatsion vositalardan foydalaniş muhim ahamiyat kasb etişi e'tirof etilgan edi. 

Ta'kidlaş joizki, Gubkin nomidagi RDU filialida ilmiy tadqiqot işlariga  jiddiy e'tibor qaratilmoqda va bir qança  talabalar bu borada sezilarli natijalarga erişişgan. Xalqaro internet-olimpiadalarda toşkentlik  "gubkinçilar"ning köplab ğalabalarni qölga kiritgani ham bu yerda ta'lim sifati qanday darajada ekanini tasdiqlaydi.

Filial şuningdek, Federal internet testi ötkaziş uçun platforma hisoblanib, bu borada unga 2018 yilning 29 dekabrda "FIEB  tayanç maydonçasi  (bakalavr bitiruvçilari uçun Federal internet test) - 2019" rasmiy maqomi berilgan.

Yiğiliş qatnaşçilari Özbekiston Respublikasining  oliy ta'lim tizimida innovatsiyalar uzluksiz joriy etilayotgani va u talimning uzviy jarayoniga aylanib  borayotganini bir neça bor ta'kidlaşdi. Butun mamlakat miqyosida  innovatsion yönaltirilgan iqtisodiyotni yaratiş, innovatsiyalarni keng joriy etiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasida köp qirrali işlar olib borilayotgani va bu borada sezilarli rivojlanişga erişilgani ham qayd etildi. Bunda "ta'lim - fan - işlab çiqariş" zanjiriga asosiy e'tibor qaratilmoqda.