Xitoy şimoli-ğarbida yangi kuçli zilzila yuz berdi, uning kuçi 6,6 ballni taşkil qilgan. Bu haqda Sinxua  xabar bermoqda. 

Zilzila markazi Şinjon-Uyğur muxtor tumanidagi Urumçi şahridan 400 km uzoqlikda, öçoği esa 20 km çuqurlikda bölgan. Zilzila yuz bergan hudud Xitoy-Qozoğiston çegarasi yaqinida joylaşgan. Hozirça vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Bundan avval Xitoyning markaziy viloyati Siçuanda 7 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, zilzila oqibatida kamida 9 kişi halok bölgan, 164 kişi jarohat olgan.