12 iyul kuni soat 16:20da Toşkent şahar YoXB Kuç va vositalarni boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Yaşnobod tumani “Jörabek” mahallasi Farğona yöli köçasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, körsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yonğin öçiriş jangovar bölinmasi soat 16:22 da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 16:26 da bartaraf etilgan. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan. Yonğin oqibatida Olmazor tumani obodonlaştiriş boş boşqarmasiga qaraşli “MAXSUS TRANS” avtomobili kabinasi va kuzovi oraliğida joylaşgan yöl qoplamasini tozalaş agregatining motor qismi yonib zararlangan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yonğin elektr simlaridagi qisqa tutaşuvdan sodir bölgan, deb taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.