Reyting yetakchisi Tayvanda internet tezligi 2017-2019 yillar ichida 147 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu davlatda internet orqali 5 gigabaytlik kinoni 8 daqiqa 2 soniyada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 85 Mbit /soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, yetakchi yigirmatalikka Yaponiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Shveytsariya, Norvegiya, Andorra, Ispaniya, Belgiya, AQSh, Latviya, Yangi Zelandiya, Estoniya, Honkong va Vengriya kirgan.

Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston 207 davlat ichida 181-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonda internet tezligi bir yil ichida 33,8 foizga, 2 yil ichida 80 foizga oshgan. Davlatimizda internet orqali 5 Gblik kinoni o‘rtacha 8 soat 18 daqiqada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 1,37 Mbit/soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston 113-o‘rinni, Qirg‘iziston 155-o‘rinni, Tojikiston 192-o‘rinni, Turkmaniston 203-o‘rinni egallagan.

Internet tezligi eng past davlatlar qatoridan Ekvotarial Gvineya, Sharqiy Timor va Yaman joy olgan.

RankCountrySpeed
1Taiwan85.02
2Singapore70.86
3Jersey67.46
4Sweden55.18
5Denmark49.19
6Japan42.77
7