Insoniyat xavfsizligini taʼminlaş uçun sunʼiy intellektga (SI) nisbatan şafqatsiz munosabatda bölmaslik kerak. Bu haqda Grok neyrotarmoğini işlab çiquvçi xAI kompaniyasi rahbari, amerikalik milliarder Ilon Mask maʼlum qildi.
Tadbirkor superintellektni yaratiş jarayonini şunçaki yaxşilik qilişga dasturlab bölmaydigan bolani tarbiyalaşga qiyosladi. Uning fikriça, sunʼiy intellekt «aqldan ozmasligi» va telbaga aylanmasligi uçun unga haqiqatga intiliş hissini singdiriş, şuningdek, ziddiyatsiz mantiq beriş kerak.
Mask Grok yangi modellarini sinovdan ötkaziş yozuvlarida ayrim foydalanuvçilar çat-botdan haddan taşqari qatʼiylik bilan javob talab qilayotganini payqaganini aytdi. Uning sözlariga köra, bot esa «savolga javob berişga jon-jahdi bilan urinadi, haqiqatan ham javob berişni juda xohlaydi va göyo uning boşiga töpponça tirab qöyilgandek tuyuladi».
«Yaʼni unga xuddi: «Bu savolga javob ber, bu savolga javob ber!» deyayotgandek bölişadi. Baʼzida esa berilgan savolning özi aslida noörin böladi. Bu şunday noaniq savolki, unga mohiyatan muayyan javob berib bölmaydi, çunki savol notöğri tuzilgan yoki javobning özida biz adaşgan bölamiz», - deb tuşuntirdi Mask.
Mask özini sunʼiy intellekt örnida bölişni aslo istamasligini tan oldi.
«Şuning uçun, bilasizmi, SI qandaydir zöravonlik vaziyatga tuşib qolişini va uni şunçaki qandaydir aqli noraso odam qiynoqqa solişini xohlamasdim. Qolaversa, bilasizmi, superintellektni qiynaş, ehtimol, unçalik yaxşi fikr emas: u qasos olişni yoki şunga öxşaş biror narsani istab qolişi mumkin, tuşunyapsizmi?», - deb qöşimça qildi tadbirkor.













