Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi 34 million kishidan oshdi
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yil boshidan buyon qariyb 100 ming kishiga ko‘paydi va 34 million kishiga yetdi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 18 fevral holatiga ko‘ra, 34 002 410 kishini tashkil etdi. Buni Davlat statistika qo‘mitasi saytidagi maxsus sahifada keltirilgan.
O‘zbekiston aholisining 17 093 248 nafari erkaklar, 16 909 633 nafarini esa ayollar tashkil qiladi.
2020 yil boshidan beri 127 387 kishi tug‘ildi, 29 193 kishi vafot etdi.
Respublikaga 23 617 kishi ko‘chib keldi, 24 729 kishi O‘zbekistonni tark etdi.

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33905,8 ming kishini tashkil etgandi.
BMT e'lon qilgan demografik hisobotda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi eng kamida 40 yil davomida o‘sishdan to‘xtamaydi, 20 yil ichida esa o‘zbekistonliklar soni 40 millionga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
13:21 / 25.02.2026
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
12:39 / 25.02.2026
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
07:36 / 25.02.2026