Kambağallikka qarşi kuraş: nima töğri, nima notöğri bölyapti? - Behzod Hoshimov bilan suhbat
|19:14 / 03.06.202234 72118 min
“Kambağallikni qisqartiriş uçun qabul qilinayotgan har xil dasturlar bizni asosiy maqsaddan çalğityapti. Kambağallikka qarşi kuraşning eng yaxşi yöli – iqtisodiy ösiş va naqd pulda beriladigan manzilli yordamlardir”, deydi iqtisodçi Behzod Hoshimov Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Suhbatimiz may oyi oxirida Buxoroda ötkazilgan Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş xalqaro forumi doirasida bölib ötdi. AQŞda istiqomat qiluvçi, Viskonsin universiteti doktoranti bölmiş Hoshimov bu forumdagi sessiyalardan birida moderator sifatida iştirok etdi.
Behzod Hoshimov — Özbekistonlik iqtisodçi va jamoat faoli. «Iqtisodçi kundaligi» blogi, YouTube’dagi Hoşimov’s Economics (Hoshimov Iqtisodiyoti) videoblogi muallifi. U Daron Ajyemöğli va Jyeyms Robinsonning «Mamlakatlar tanazzuli sabablari: Qudrat, farovonlik va kambağallik manbalari» kitobining özbekça tarjimasiga muharrilik qilgan. «Yuksaliş» umummilliy harakati ötkazgan sörovnoma natijalariga köra? Özbekiston blogerlar va inflyuyenserlarining 30 talik röyxatidan joy olgan. Behzod Hoshimov Markaziy Osiyo işlari böyiça Oksus jamiyati, Amerika Iqtisodçilar Assotsiyatsiyasi va AQŞdagi Strategik menejment jamiyati a’zosi. AQŞ Patent va Tovar belgilari idorasidan iqtisodiy model patenti sohibi va Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi (IEO) hakamlar hay’ati a’zosi. U ayni vaqtda Özbekiston Davlat soliq qömitasi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a’zosi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet masalalari qömitasi huzuridagi ekspertlar kengaşi va «Mikrokreditbank» kuzatuv kengaşi a’zosi hisoblanadi.
— Bu kabi forumlar muammolar yeçimiga yaqinlaştiradimi, özi ularni ötkazişdan maqsad nima?
— Hamma forumlar haqida bir xil gap aytolmayman. Konferensiya, forum kabi fikr almaşiş maydonlarining juda ham oliyjanob maqsadlari bor – mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni bir maydonçaga jamlab, ularga qandaydir masalani beriş. Özbekistonda kambağallik mavjud va uni qanday yeçsa böladi, qanday tajribalarni örgansak böladi va kelajakda iqtisodiy siyosatni tuzayotganimizda boşqa jamiyatlar qilgan xatolarni qilmaslik kabi masalalar kötarilişi uçun bunday forumlarning foydasi bor, desam böladi.
Keyingi qadamlarda, biz iqtisodiy kambağallikka qarşi kuraşiş siyosati ustida öylayotganimizda forumda yangragan mutaxassislar fikrini işlata olamiz. Agar haqiqiy mutaxassislar fikrini eşitsangiz, ular bir neça yillik xatolar va neça milliardlik yöqotişlar oldini oliş borasida maslahat berişadi.
Mavzuga oid
Ilmga yondaşib siyosat olib borişning yaxşi tarafi şundaki, oldingi jamiyatlar qilgan xatolarni takrorlamaysiz. Bunday maydonlarning afzalliklari qisqa vaqt içida bir neça odamlarning bir masala yuzasidan fikrlaşga va bergan takliflarini tahlil qiliş imkoniyatiga ega bölasiz.
Forumlarning samarali yoki samarasiz ötişida bir muhim kriteriya bor – agar siz hammani forumga çaqirib, bizda hammasi zör, heç qanaqa muammomiz yöq, deydigan bölsangiz, bunday forumlar samarasiz böladi. Muammolar bor va ularni qanday yeçsak böladi, deb sidqidildan gapirsangizgina öşa xalqaro ekspertlar sizga taklif berişi mumkin.
Kasal bölib, şifokorlarning oldiga borsangiz, özingizdagi muammolarni aytasiz va şifokor sizga taşxis qöyadi. Lekin siz doktorga borib, menda hammasi yaxşi, bir neça yildan beri özimni yaxşi his qilyapman, desangiz, bundan foyda yöq. Nazariyada forumlarning foydasi bormi desangiz, javob – ha, hamma forumlar har doim foydalimi desangiz, javob – yöq.
Bu forumning hamma sessiyalarida qatnaşa olmadim, çunki 2ta sessiya bir paytda böladi, ikkinçidan, ayrim sessiyalarda moderatorlik qilganim uçun tayyorlandim. Ikkita fikr eşitdim: Özbekistonda hammasi yaxşi, mana şunday narsalar qilib kelyapmiz, deb özimizni maqtaganimiz ham böldi, lekin muammolar haqida samimiy suhbatlar ham böldi.
Xulosam, bizda heç qaçon muvaffaqiyat, yaxşi narsalar bölmadi, deya olmayman, balki qilingan narsalar haqida gapiriş kerakdir, ammo ekspertlardan fikr eşitmoqçi bölsak, ularga yutuqlarimiz haqida gapiriş ma’noga ega emas. Tanqidiy tahlil eşitişimiz kerak, maqtov uçun boşqa platformalar bor.
— Kambağallikni qisqartiriş iqtisodiy ösişga teng, degan nazariyaga köp töxtalasiz. Buning uçun esa savdodagi tösiqlar olib taşlanişi kerak, deb hisoblaysiz. Kambağallikka savdodagi tösiqlarning boğliqligi qanday?
— Har doim ixtiyoriy mamlakatda, ayniqa, Özbekistonda kambağallik muammosi iqtisodiy ösişga teng. Agar biz iqtisodiy ösişga erişsak, albatta, şartli ravişda kambağallik qisqarib boradi. Jamiyatda resurslar köp bölsa, u jamiyatning qiynalgan aholiga yordam beriş imkoniyatlari ham köp böladi.
Hamma boy bölsa, qiynalgan odamlarga yordam berişga imkoniyatlarimiz kengayadi. Resurslarimiz kam bölsa, kimga qanday yordam beramiz – bu birinçi masala.
Kambağallikka qarşi kuraş deganda, qanday qilib nogironlarga, beva ayollarga pul tarqatiş tizimi haqida emas, yomon iqtisodiy ahvoldan yaxşi iqtisodiy ahvolga olib çiqiş haqida qayğuraman va aytib kelaman. Kambağallikni qisqartiriş va iqtisodiy ösişga erişiş – ayni tuşunçalar, ularning farqi yöq.
Savdoga çeklovlar haqida gapiradigan bölsak, erkin savdoga bölgan bojlar, notarif barerlar, logistik çeklovlar – hammasi zarar, zarar va zarar. Bu degani mamlakatimizning iqtisodiy kölamini qisqartiruvçi çoralar.
Albatta, kambağallik haqida qayğursak, iqtisodni qisqartiruvçi çoralarni körmasligimiz kerak. Ulardan biri bu – savdoga tösiqlar.
Agar kambağalligimizga sabab faqat savdoga tösiqlarmi, desangiz, javob – yöq. Savdoga tösiqlar qabul qilingan va qabul qilinayotgan qarorlarning natijasi va oqibati. Moliyaviy nuqtayi nazardan qiynalgan, ya’ni kambağal insonlarning iste’moli juda ham savdo çeklovlariga boğliq. Qanaqa ma’noda? Kam pul topadigan insonlarning yagona maqsadi – özi va bolalarining qornini töyğaziş, ya’ni yetarli miqdorda kaloriya iste’mol qilib jon saqlaş. Ularning daromadi asosiy qismi oziq-ovqat sotib olişga ketadi.Oziq-ovqat masalasida savdoga çeklov qöyiş öşa odamlarning daromadini qisqartiradi.
Deylik, kambağal odam 100 söm pul topsa, 90 sömini oziq-ovqatga işlatadi. Savdoga çeklovlar tufayli 90 sömlik oziq-ovqati 99 söm bölib qoladi. Bu ularning şaroitini keskin yomonlaştiradi. Lekin boy odam 1000 söm topsa, 300 sömini oziq-ovqatga sarflaydi. Boj oşsa, ularga atigi 10 foizga oşadi – 330 söm, nisbiy ravişda narx daromadiga nisbatan sezilarsiz oşadi. Şuning uçun kambağal insonlarga bunday çeklovlar juda sezilarli böladi.
Xulosa qilib aytganda, bojlar iqtisodiy ösişga tösqinlik qiladi, ikkinçidan, tarif va notarif barerlar kambağallarning ahvolini yanada yomonlaştiradi. Şartli inflatsiya haqida gapirsak ham, kambağallarga inflatsiyaning ta’siri kuçliroq böladi. Şuning uçun bu narsa juda muhim.
— Savdoga çeklovlar keyingi yillarda aksinça oşib borgandek. Kambağallikni qisqartirişni maqsad qilgan Özbekiston savdoga çeklovlarni yumşatişi kerak emasmidi?
— Kerak edi. Lekin kambağallikka qarşi kuraş bilan bojlar bitta iqtisodiy siyosatning ğoyasida bölayotgan masala emas. Ularni bir-biridan alohida harakat qilib kelayotgan mexanizmlar desak böladi, bizda bojlarni oşirişyapti – kambağallikni köpaytiriş uçun ham emas, kamaytiriş uçun ham emas, balki boşqa maqsadlarda. Lekin bu bevosita iqtisodiyot hajmiga, kambağallarning ahvoliga şu bojlar albatta salbiy ta’sir qilmoqda.
Örtaça boj oşdimi-oşmadimi deb sörayapsiz – örtaça bojlar deganda yaxşi formulamiz yöq. Çunki örta arifmetik qiymat xato böladi. Mamlakatda ikkita tovar bölsa, bittasiga 10, yana biriga 100 foiz boj bölsa, örta arifmetik qiymat – 55 foiz. Lekin bu ma’noga ega emas. Çunki 10 foiz boj qöyilgan tovarlar olib kiriladi, 100 foiz boj qöyilgan tovarlar esa olib kirilmaydi.
Masalan, Özbekistonda maşina va şakar mavjud deylik. Maşinaga 100, şakarga 5 foiz boj bor deb tasavvur qilaylik. Örta arifmetik bojimiz 55 foiz böladi. Bu ma’noga ega emas, çunki biz maşinalardan köra şakarni köproq iste’mol qilamiz. Endi tasavvur qiling, biz şakarni maşinadan köra ança köproq iste’mol qilamiz, şunda örta arifmetik hisoblasangiz, örtaça boj 5 foiz böladi. Maşinaga boj oşgani sari örtaça boj tuşib borişi mumkin, çunki odamlar maşinani olib kirmay qöyadi. Bu formula bizga bojlar oşdimi, degan savolga yaxşi javob bera olmaydi.
Istalgan amaldor sizga bojlar tuşdi deyişi mumkin, yo örtaça hisoblanganini aytadi yoki örta arifmetikni aytadi – öziga qulay tarzda istalgan natijani aytişi mumkin. Ikkovi ham ma’noga ega emas.
Özbekistonda katta savdoga çeklovlar notarif tösiqlar orqali ham böladi. Xabaringiz bölsa kerak, utilizatsiya yiğimi bor; yoki qaysidir mamlakatda işlab çiqarilgan dorini olib kirmoqçi bölsangiz, siz “Özstandart” degan agentlikdan sertifikatsiya olib kelişingiz kerak. Bu tarif emas, lekin xarajat. Qança litsenziyalar köp bölsa, tovar olib kiriş şunça qiyin böladi. Masalan, biror davlat boşqa davlatga çeklovni sanitar qoidalar orqali qöllaydi, sanitar talablarga töğri kelmaydi degan çeklovlar mavjud. Bundan taşqari, logistik çeklovlar – Özbekistonda transport va logistika masalasida davlatning örni katta bölgani uçun transport xarajatlari katta, çunki çetda işlab çiqarilgan mahsulotlarni Özbekistonga olib kirişni bular qimmat qilib qöyadi. Şuning uçun umumiy qilib savdoga tösiqlar degan sözni işlatgim keladi, çunki boj bu tösiqlarning bittasi.
— Özbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtojlar bandligini ta’minlaş uçun ularga imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlikka yönaltirilyapti. Biroq amalda bu ijobiy natija bermayotgandek. Buni tovuq boqiş mojarolarida ham körsa böladi. Şu borada fikringiz qanday?
— Özbekistonda pulning narxi qimmat, ya’ni inson kredit olib nimadir iş boşlaşi qimmat turadi. Bankda foizlarni bilamiz. Uning ustiga, qandaydir kafolatlar berişingiz kerak, biror mulkingiz bölişi kerak kredit oliş uçun. Hukumat şunday qarorga keldiki, bankdan qarz oladigan qismini soliq tölovçilar hisobiga qoplaymiz deb, çunki pulning narxi qimmat. Lekin iqtisodda bir prinsip bor: tekinga heç narsa yöq. Qaysidir narsani arzonlaştiriş, nimadirni qimmatlaştiriş evaziga böladi.
Hozirgi Özbekistondagi siyosatning asosiy ma’nosi şuki, kreditlar siyosati hamma uçun pulning narxini qimmat qilib qöyadi. Mavjud pul mablağlaridan qaysidir qismini imtiyozlar uçun bersangiz, umumiy narx çiqişi uçun tijoriy qismining narxi oşişi kerak. Qandaydir balans bölişi kerak.
Ikkinçidan, moliyaviy institutlar qanday işlaydi – siz ulardan mablağ olmoqçi bölsangiz, ular sizni tadbirkor sifatida örganadi. Ya’ni siz kreditni tölay olasizmi deb. Keyin sizga qarz beriş yoki bermaslik borasida bir qarorga kelişi mumkin. Agar moliyaviy taşkilotlar sizga yoki şartli dehqonga pul bermaslik qaroriga kelgan bölsa, demak ularning risklari sizdan oladigan foydadan köra balandroq. Agar bu jarayonga davlat aralaşib, qarzni kimga beriş yoki bermaslik kerakligini hal qilsa, demak davlat mavjud axborotni çalğitadi.
Inson özi ham bilmaydi kreditni tölay oladimi-yöqmi, bankka borgandan keyin ular öylab aytişadi: “sizga bera olamiz, yoki yöq”. Bunga davlat aralaşsa, rağbatlarni notöğri qöyadi va qurbi yetmaydigan odam ham öşa kreditni olişga imkoniyati böladi.
Bu – mablağlarni samarasiz tarqatiş bilan birga, öşa insonlarni bilmagan holda, ba’zan xohlamagan holda juda çuqur moliyaviy öra içiga tuşirib qöyadi. Şuning uçun, öylaymanki, kredit va qarz pullarini tarqatişda davlat institutlari, ayniqsa, davlat hokimiyati institutlari aralaşmasligi maqsadga muvofiq. Şunda moliyaviy bozorda resurslar töğri taqsimlanadi.
— Hozir hukumat kambağallikni odamlarni tadbirkor qiliş bilan hal qilmoqçi. Bu borada fikringiz qanday?
— Bizda masala – iş joylarini yaratiş. Hukumat öylayaptiki, odamlarni tadbirkorlikka örgatsak, ular iş joyini yaratadi, deb. Özbekistondagi muammo – neçta odam tadbirkor bölib işlaşi emas, odamlar bor korxonalarini kengaytira olmasligi.
Hozir mavjud xöjalik sub’yektlarining va ularda işlaydigan işçilar sonini oling. Bitta korxonaga 2tadan köp işçi töğri kelmaydi. Ya’ni Özbekistonda örtaça firmaning hajmi – 2 kişi. Bu degani Özbekistonda odamlar tadbirkor bölişi muammo emas, tadbirkorlar öz işini yuritib ketişi va kengayişi qiyin.
Bizda heç qaçon tadbirkorlik qilmagan odamni tadbirkorlikka olib keliş masalasi körilyapti. Undan köra, boşqa tadbirkorlarga imkoniyatlarni kengaytiriş kerak.Qanday qilib? Bozordagi risklarni kamaytiriş orqali.
Hozir odamlarga kredit beriş muammo bölmasdi, agar bu boşqa tadbirkorlar uçun xarajat bölmasa. Siz kimgadir imtiyozli kredit beryapsizmi, mavjud tadbirkorlar uçun kredit narxi oşyapti, xolos.
Dunyo tajribasidan kelib çiqsak, eng yirik kompaniyalar – eng köp iş joylarini yaratuvçilar böladi. Ya’ni ularda odam köp işlaydi va birinçi 5 yilda 90 foiz tadbirkorlik sub’yektlari bankrot böladi. Bu normal narsa.
Özbekistonda kambağallikka qarşi kuraşda asosiy muammo odamlarni köproq tadbirkor qiliş emas, tadbirkorlarni iloji boriça samarali qiliş.
— Ötgan davr mobaynida kambağallikni qisqartiriş uçun turli çoralar körildi. Lekin ularning hammasi ham samarali emasligi körinib qolyapti. Bu borada siz qanday çoralardan voz keçilişi kerak va qaysi çoralarni qöllaşni davom ettiriş lozim, deb öylaysiz?
— Ixtiyoriy maxsus loyihalar asosiy muammomizni yeçmasligimizga sabab bölmoqda. Kambağallikni qisqartirişning yagona yöli – iqtisodiy farovonlikni ta’minlaş. Biz kambağallikni qisqartirişda qandaydir dasturlar, ijtimoiy mablağlarni tarqatiş bilan yondaşsak, özimiz uçun muammoni hal qilayotgandek his qilamiz, lekin asosiy masalani yeçmaymiz.
Asosiy masaladan çalğitadigan dastur va loyihalar maqsadning ildiziga olib kelmaydi. Mening nazdimda ular samarasiz, ma’muriy va aql resurslarimiz hamda boşqa nuqtayi nazardan. Biz barça resurslarimizni, kuç va aqlimizni iqtisodiy taraqqiyotga sarflaşimiz kerak. Qanaqadir kiçik dasturni rivojlantirişga katta ma’muriy resursni işlatişimizning, öylaymanki, alternativ xarajatlari nihoyatda baland. Qanaqadir manzilli dasturlar köpinça yaxşi çoralarga olib kelmaydi.
Yaxşi narsa şuki, köp masalalarda insonlarga subsidiyalar, pul orqali yordam berişni boşlayapmiz. Masalan, hammaga subsidiyalaşgan non bermayapmiz, kimgadir non olişga emas, kambağallik röyxatiga kirgan odamlarga ixtiyoriy narsa sotib olişga samaraliroq. Çunki u öziga nima kerakligini biladi – non, kartoşka yoki kiyim. Lekin kartoşkaga subsidiya qilsak, u odam haftasiga 2 kg kartoşka yesa yeydi, lekin uning iqtisodiy xarajatlari köp.
Xuddi şunday, elektrga subsidiyalar iqtisodiyotni qimmatlaştirib, hammamizga qimmatga tuşgan. Şu narsalardan voz keçib, haqiqatan qiynalgan insonlarga nogironlarga, şu kabi guruhlarga yordam berişimiz yaxşi böladi.
Yana bir narsani esdan çiqarmaslik kerak: imtiyozlar, ayniqsa, imtiyozli kreditlar yoki imtiyozlar orqali qandaydir imkoniyatlar beriş doim xarajati bilan keladi. Imtiyoz sözi bormi, bu kimdandir nimadir olayotganimizni anglatadi. Masalan, imtiyozli kredit degani boşqalarga qimmat kredit, imtiyozli elektr kimdir qimmat tölayapti degani. Har bitta imtiyozning manfaatdorlari bölsa, zarar oladiganlari ham böladi, biz zarar körayotganlar haqida öylamaymiz. Iloji boriça, imtiyozlar va imtiyozli kreditlardan voz keçişimiz kerak.
— Lekin odamlarga baliq bergandan köra, baliq berişni örgatiş foydali, degan fikrlar ham bor.
— Odamlarga pul beramiz, ular boqimanda bölib qoladi, degan qaraşlar Özbekistonga xos emas. Öz mehnati bilan pul topa olmaydigan odamlar – deylik, nogironlarga pul bermaslik uçun kontrargument yöq. Yoki 18 yoşgaça bölgan oilasi kambağallikda yaşaydigan bolalar uçun pul berişni heç narsa rad eta olmaydi.
“Mehnatga layoqatli şaxslar davlatdan köp pul olib yuborsa, ular işlamay, boqimandalikka olib keladi”, deb öylaş mumkindir, lekin Özbekistonda hayot şunçalik qimmat va hukumat resurslari şunçalik çeklanganki, unçalik köp pul berib odamlarni boqimandalikka olib kela olmaymiz. Bu – AQŞ, Norvegiya singari boy davlatlarda bor, lekin hozirgi Özbekistonda, öylaymanki, bu masala kun tartibida emas.
Pul tarqatiş imtiyoz berişdan köra foydali. Hammaga subsidiyalaşgan non bergandan köra, manzilli tarzda haqiqatan qiynalgan odamlarga non uçun pul bergan yaxşiroq. Çunki ular orada pul yöqotmaydi, subsidiya beriş teşik çelakda suv taşişdek gap, orada köp tökilib ketadi.