Buxoro viloyatidagi Tödaköl köli va Quyimozor suv ombori hududida hozirda 34 xil ösimlik ösadi va ulardan 8 turi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, 12 turi esa Markaziy Osiyo endemikasi sanaladi.
Ayni paytda Tödaköl köli va Quyimozor suv omborini Ramsar röyxatiga kiritiş rejalaştirilgan. Hozirda bu xususida vazirlik va idoralarning tegişli xulosalari olingan, deb xabar beradi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi matbuot xizmati.
Ma'lumot örnida aytiş kerakki, mamlakatimiz hududidagi Dengizköl (2001) va Aydar-Arnasoy köllar(2008) tizimi Xalqaro ahamiyatdagi suvli-botqoq yerlarning Röyxatiga kiritilgan. Ekologik barqarorlikni saqlaş, ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Sudoçe, Qaşqadaryo viloyatidagi Açiqköl kabi qator köllarni ham Ramsar röyxatiga kiritiş buyiça işlar olib borilmoqda.
Ma'lumot örnida: Jahon hamjamiyati tomonidan suv-botqoqli hududlarni muhofaza qiliş, bunday hududlarga keng jamoatçilikning e'tiborini jalb etiş maqsadida 1971 yil 2 fevral kuni Eronning Ramsar şahrida maxsus Konventsiya qabul qilingan bölib, ayni paytda mazkur Konventsiyaga 168 ta davlat a'zodir. Bugungi kunda Ramsar röyxatiga 2200 ta suvli-botqoqli hududlar kiritilgan va ularning umumiy maydoni 2,1 mln.km.kvadratni taşkil etadi. Özbekiston ham mazkur Konventsiyaga qöşilgan.











