“Köp yuklama va kam maoş” - boğçalarda bolalar kaltaklanayotganining sabablari haqida
|22:30 / 25.05.202430 05422 min
Söngi vaqtlarda davlat boğçalarida tarbiyaçilarning bolalarga zöravonligi holatlariga tez-tez közimiz tuşadigan bölib qoldi. Kun.uz buning sabablarini örganiş maqsadida Maktabgaça ta’lim agentligi vakili, psixolog va anonim qolişni istagan soha xodimi bilan suhbatlaşdi.
Xorazmda boğça tarbiyaçisi bolalarni tepkilagan holda tayoq bilan urib maşğulot ötdi, Toşkentdagi boğçalardan birida xodimning qöpol munosabati sabab bolaning qöli sindi, yana bir boğçada bolalarni qörqitib, qöpollik qilingani aniqlandi, boşqasida tarbiyaçi bolalardan birini urib haqoratladi, yuziga tarsaki tuşirilgani hamda oxirgi keysda Andijondagi boğça bolasi kaltaklangani qayd etildi.
Bu – ötgan yili dekabrdan boşlab hozirgaça Özbekiston boğçalarida bölgan voqealar. Maktabgaça ta’lim muassasalarida paydar-pay bunday holatlar yuz berayotgani köpçilikni xavotirga solişni boşlagan bölsa, hayratlanmaymiz.
Özi aslida boğça bolalariga nisbatan zöravonliklar bölayotganining sababi nimada, muammoga yeçim bormi? Kun.uz muxbiri şu savollarga javob oliş uçun sohaga aloqador mutaxassislar va rasmiy vakil bilan suhbatlaşdi. Aytiş kerak, tahririyat bevosita soha içida bölgan tarbiyaçilar bilan ham gaplaşişga urindi, ammo buning imkoni bölmadi.
“Öz hayotidan mamnun bölmasa, oddiy narsalarga ham qattiq asabiylaşiş ehtimoli bor”
Mavzuga oid
Psixolog Rozaliya Gabdulhakova zöravonlik holatlari yuzaga kelişining bir qança psixologik omillari borligi haqida gapirdi. Uning aytişiça, boğçada tarbiyaçilarning öz işini töğri bajara olmasligi dastlab uning pedagogik mahorati yetişmasligi bilan boğliq.
“Ya’ni bolalarning rivojlanişi, öziga xos özgarişlarini bilişi yoki muammoli paytlarda bolani qanday qilib yupatiş, qayerda qanday qilib muammolarni hal qilişni bilişi [kerak]. Şu narsalarni bilmagani uçun köp holatda nafaqat tarbiyaçilar, balki onalar ham vaziyatni qanday hal qilişni bilmagani, asabiylaşgani uçun odatdagidan ham köra qöpolroq harakatlar qilişadi. Ya’ni stress yuqorilab ketadi, keyin esa u baqiradi yoki kimnidir kaltaklab qöyişi mumkin. Bu – sabablardan biri.
Bundan taşqari, har bir şaxsning öziga xosligi bor, ya’ni unda şaxsiyat buzilişi, jahlni boşqara olmasligi yuzaga kelişi mumkin. Buni uning şaxsiy psixologik xislatlari deymiz. Qolaversa, hayotidan, şu işdan roziligi yoki noroziligi ham oddiy vaziyatlarda qattiq asabini buzişiga olib keladi. Psixologik qiyin ahvolda yaşayotgan odamlar şu tarzda energiyalarini tejaş rejimida yaşayotgan böladi va ularni özidan çiqib ketişi osonroq. Masalan, uydagi onalarni misol qilsak, bir safar qoşiq tuşib ketsa, “ha, mayli, bolajonim, olib qöy”, keyingi safar bola qattiq sökiş eşitişi mumkin. Ya’ni bir xil vaziyatga onaning özi ham 2 xil reaksiya qiladi va buning sababi şu vaqtdagi atrofdagi voqealarga munosabati, ayolning ruhiy holatiga borib ulanadi.
Boğça tarbiyaçisi ham öz hayotidan mamnun bölmasa, işidan rozi bölmasa, özini yomon his qilayotgan vaqtida şunday oddiy narsalarga portlab, qattiq asabiylaşiş ehtimoli bor. Avval tarbiyaçi yordamçisi bölib işlagan bir ayol bilan gaplaşganimda iş juda ham köpligi, oylik judayam kamligidan norozi bölgan edi. Uning bolalarga qaraşdan taşqari, idişlarni yuvişi, xonani tartibga keltirişi kabi vazifalari köp edi, guruhda esa 30 nafardan ortiq bolalar bor va tarbiyaçi keçga borib juda ham çarçab qolar edi. Şu bilan birga, u 900 ming söm oylik olardi. Işga boşqa iloji yöqligidan borardi va çidar edi. Yana şu 900 ming sömning 100 ming sömini ovqat uçun uşlab qolarkan, 800 ming söm olarkan”, – dedi Gabdulhakova.
“Tarbiyaçilar rostdan ham çarçab ketgan, işiga sovuqqon, ularda iştiyoq, kreativlik körmaysiz”
Kun.uz'ga intervyu bergan, ammo şaxsi sir qolişini istagan maktabgaça ta’lim tizimida işlayotgan mutaxassis muammoning asl sababini sohadagi kamçiliklar bilan bevosita boğlamoqda.
(suhbatdoşning talabi bilan ism-familiyasi Maftuna Şaripovaga özgartirildi)
“Maktabgaça ta’lim tizimining "3-ming yillik bolasi" degan ta’lim dasturi bor, Özbekiston mustaqilligidan oldin şu dastur asosida boğçalar faoliyati yölga qöyilgandi. Mustaqillikdan keyin "Bolajon" tayanç öquv dasturi qabul qilindi, hozirga kelib ixtisoslaştirilgan “ilk qadam” öquv dasturi amaliyotda bölib turibdi. Men öşa "3-ming yillik bolasi" öquv dasturidan beri şu tizimda işlab kelaman. Bu dasturlarda bola nimani örganişi, maktabga çiqqunça qanday maşğulotlar bilan şuğullanişi yoziladi. Hozirgi dastur avvalgilaridan ayançli holatga keltirilgan. Boğçalarning moddiy ahvoli ota-onalarning yordami bilan bölsa ham amallanyapti, lekin metodikasi, ta’limiy jihati juda ham açinarli holatda. Tarbiyaçilar norozi, ularning emotsional yoniş holati kuçli darajada. Bekorga ular bolani urib,, igna sançib qöyayotgani yöq.
Tarbiyaçilar rostdan ham çarçab ketgan, işiga sovuqqon, ularda iştiyoq, kreativlik körmaysiz. Bolalarni öz holiga qöyib qöyişadi, dasturdagi maşğulotlarni qilişmaydi, bekorga bolaning ham vaqtini olib ötirişibdi. Buning sabablari bir qança omillarga borib taqaladi. Boğçalarga tekşirişga borilganda, tarbiyaçilarning faqat xat-hujjati söraladi, tekşiruvçilar uçun şu töğri qilib qöyilsa böldi. Tarbiyaçining 0,5 seriyasida öziga yaraşa hujjatlari böladi, masalan, tarbiyaçining jurnali, filtr daftari, ota-onalar bilan işlaş darftari, yillik rejasi kabi qoğozlar söraladi.
Bularning hammasi şunçaki qoğoz uçun. “Maşğulotlar tekşirilmaydimi?” deb söralsa, “şunça boğçaga qanday ulguramiz, ulgurmaymiz”, deyişadi. “A, bu xat-hujjatni yozib qöyaverişadimi?” desam, “şuni töğri yozişni örganib olişsa, yetadi”, deb javob qilişadi. Töğri, rostdan ham kölam juda keng, tekşiruvçi odamlar esa kam. Haqiqatan ham jismonan ulgurişmaydi, xat-hujjatini tekşirsangiz, maşğulotini kuzatişga ulgurmaysiz. Lekin bu işlar umuman samarali emas”, deydi u.
Şaripovaga köra, bugungi kunda Özbekiston boğça tarbiyaçilaridan talab qilinadigan körgazmali hujjatlar uçun yetarliça şaroit yaratilmagan, ta’lim muassasalari kerakli jihozlar bilan ta’minlanmagan. Tuman bölimlaridan biror buyum söralsa, oxirgi bosqiçda mas’uliyat tarbiyaçining böyniga tuşayotgani aytildi.
“Masalan, tarbiyaçidan körgazmalar bölişi talab qilinyapti, lekin buni amalga oşiriş uçun boğçalar faoliyatida 5 ta markaz işi yölga qöyilgan bölişi kerak. Lekin bu 5 ta markazning har birida bölişi kerak bölgan jihozlar yöq. Bu hukumatning 802-sonli qarorida belgilangan. Har bir markazda nima bölişi kerakligi yozilgan. Lekin davlat tomonidan bu markazlar jihozlanmagan. Bir tarafdan bu holat rahbar tomonidan talabnoma şakllantirib berilmasligi bilan boğliq. Mudira talabnoma şakllantirib, “menga şu, şu narsalar kerak”, – deb yozişi kerak. Lekin mudiralar buni qilmaydi. Qilsa, boşqarmadagilar “şuni ham sörayapsanmi, özing qilib qöysang bölmaydimi?” deydi. Ikkinçidan, talabnoma şakllantirilgan taqdirda ham belgilangan smeta bor, smeta böyiça esa hamma boğçaga ham jihozlar olib berilmaydi, çunki pul yetmaydi. Şunday qilib joylarda boğçalar jihozlanmay qolib ketadi.
Tekşiruvçi boradigan bölsa, bu jarayondagi oğirlik yana tarbiyaçiga tuşadi. Ta’limiy jarayonda kerak böladigan oddiy elementar buyumlarni ham tarbiyaçi çöntagidan qilişiga töğri keladi. Lekin tarbiyaçi oladigan 1 mln 200 ming söm oylikni olsangiz, endi tasavvur qilavering. Bu narsalarning hammasi yiğilib-yiğilib, portlayapti. Ularga ham oilaviy muammolari, ham iqtisodiy yetişmovçiliklari, ham boğçada qöllab-quvvatlanmasligi, oyligi kamligi ta’sir qilyapti. Tarbiyaçilar malaka oşirişga keladi, oyning boşi birinçi haftasidan şunçalik çarçagan bölişadiki, yuzidan bilinadi. Ertalab soat 7:30 dan boğçada işda bölişlari, bolani qabul qilib olişlari kerak. Malaka oşiriş darslari boşlanganidan 1 haftalar ötgaç, ança dam olgani seziladi. Çunki dars ertalab 9 da boşlanadi, avvalgidek 7 yarimdan işda bölmaydi, darsdan keyin esa borib uyda hordiq olişadi”, – deydi mutaxassis Kun.uz bilan suhbatda.
Şuningdek, Maftuna Şaripova boğça rahbarlari, ya’ni mudiralar masalasida ham örganişlari bilan bölişdi. Uning aytişiça, tizimdagi quyi boşqaruvda korrupsion sxema ildiz otgan.
“Mudiralar masalasi esa umuman boşqaçaroq. Aksariyatining xonasiga kirsangiz, vazir örinbosarining xonasiga kirgandek bölasiz. Vaziyatlarni örganib yurganimizda bir boğçaga kirganimiz, körsangiz, mudiraning xonasida hamma şaroit bor-da, endi. Mayli, balki özining puliga qilgandir. Lekin köpi ildizi baquvvat odamlarning yo qarindoşi, yo tanişi bölib çiqadi. Boğçalar boşqaruvida şunday gap bor, mudira "baquvvat" bölsa, uning tekşiruvçilari kam böladi degan. Rostdan ham şunday qaraş bor, xuddiki “kimningdir kimi” boğçaga mudira bölsa, boşqalar tekşirişga qörqişadi. Biz tekşirib yurganimizda qilgan xato-kamçiliklari uçun tuşuntiriş xati yozdirilsa, işdan böşaşi kerakligi aytilsa, şunaqangi şantajlik qilişadi, hatto bittasi şunçalik kuçli baqir-çaqir qilib yölimizni tösgan, endi tasavvur ham qilolmaysiz.
Juda yaşirinça işlar köp qilinadi. Bolalar soni quvvatidan köp olinadi, buni ham yaşirişadi. Masalan, 100 nafar bola bölsa, 100 nafarga pişgan ovqat ta’lim muassasasida 120 nafar bolaga tarqatiladi. Mudiralardan “nega bunday köp bola olyapsizlar?” – deb sörasam, “endi ota-ona qöymadi, uyoq-buyoq” – deydi, lekin bir mudira “rostini aytaman sizlarga, men şunday qilib pul topmasam, boşqa xarajatlarni yopa olmayman” – deydi. Quvvatdan köproq bolani qabul qiliş ham pul qilişning bir yöli bölib qolgan.
Aytişiça, boğça rahbarlari har oy tuman MMTB rahbarining oldiga kirişadi, unga ma’lum summada pul berişadi. Yoki qaysidir tekşiruvçi kelsa, ularga ham ma’lum miqdorda mablağ ajratişga töğri kelarkan. Bundan taşqari, SES yoki yonğin xavfsizligidan u-bu kim kelsa, boğçalarni tinç qöymasligini aytdi. Xullas, şunday tekşiruvlar kelgan vaqtda ularni yopiş uçun pul kerak ekan. Boğça ta’limidagi hamma muammolar pulga borib taqalaveradi”, – dedi Şaripova.
Muammo kam oylik, içki nosoğlom muhit hamda boğçalar defitsitida – agentlik
Maktabgaça ta’limi agentligi xodimi Mavluda Asqarxöjayevaning ta’kidlaşiça, şu yilning boşidan may oyiga qadar 11 tadan ortiq şunday holatlar yuzaga kelgan, ularning 4 tasi tasdiğini topgan.
“Yillar davomida, sobiq sovet davrida ham bu soha egalari boşqa mutaxassislar kabi yuqori oylik olişmagan, buni oçiq aytişimiz kerak. Bugun toifalanişi, oliy ma’lumotli bölişiga qarab maoş oladi. Oliy ma’lumotli, birinçi toifaga ega pedagoglar 3,5 mln sömdan 5 mln sömgaça oladi. Lekin biz tarbiyaçining yordamçisini oladigan bölsak, ularning maoşi 1,5 mln sömgaça. Bu, albatta, juda kam. Köpinça nima sabab oşxonalarda öğrilik böladi deb söraşadi, buni ham oçiqçasiga aytiş kerak. Bizning oşpazlarimizning iş haqi yuqorilaşsa, bunday holatlar bölmaydi. Bugungi kunda [boğça oşpazlarining] oylik iş haqlari 1 mlnga yetmaydi, bu juda kam. Şuning uçun ham men öylaymanki, bolaning tovoqçasiga tegmaslik kerak, bu – gunoh.
Bugungi kunda biz, vazirlik bölganimizda ham, agentlik bölganimizda ham bu narsalarga bir marotaba emas, bir neça marotaba murojaat qilinyapti. Albatta, hammasi budjetga boğliq”, – deydi Asqarxöjayeva.
Ta’kidlanişiça, 1 iyundan prezident qaroriga asosan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarning oylik maoşlari boşlanğiç sinf öqituvçilarining oyligiga tenglaştiriladi. Bugungi kunda boğça tizimida 167 ming nafardan ziyod pedagog kadrlar faoliyati yuritadi, şuning atigi 35 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi.
Rasmiy vakil tarbiyaçilarning emotsional portlaşgaça yetib kelişiga boğçadagi içki nosoğlom muhit ham sabab bölayotgan bölişi mumkinligini aytmoqda. Bunda ota-onalardan iborat jamoatçilik kengaşlari faoliyati yaxşi yölga qöyilsa, huquqbuzarlik holatlari aniqlansa, hattoki boğça mudirasini lavozimidan ozod qilinişi mumkin.
Asqarxöjayeva bergan ma’lumotlarga köra, mustaqillik davriga qadar Özbekistonda 11 mingdan ziyod davlat maktabgaça ta’lim muassasalari bölgan.
2017 yilga kelib, ularning 5 211 taga tuşgan. 2024 yil yanvar oyidagi statistikaga muvofiq Özbekistondagi davlat boğçalarining soni 6 ming 780 tani taşkil etadi(jami boğçalar 33 942 ta). Ya’ni bu sönggi 7 yil içida davlat qurgan maktabgaça ta’lim taşkilotlarini soni 1 569 taga köpaydi degani. Mavluda Asqarxöjayeva, boğça qurişga budjet mablağlari yetmasligini ta’kidladi.
“Bitta davlat boğçasini qurişga 5 mlrd sömdan 20-40 mlrd sömgaça ketadi. Agar maxsus boğça böladigan bölsa, albatta, u yerda reabilitatsion uskunalar qöyiş kerak böladi, şuning uçun narxi baland bölib ketadi. 120-90 örinli boğça bölsa, 4-5 mlrd söm ketadi.
Eng çekka qişloqlarimizda bunday boğça qurişga davlatning qurbi yetmaydi, şuning uçun boğçamiz soni qançaga oşgan. Davlat boğçasi öşa vaqtda 4 ming 900 taga kamayib ketgan, çunki yerlari ham sotilib ketgan. Öşa vaqtda hokimliklar tomonidan sotilib ketgan. Lekin hozir sotilmayapti. Hozir mumkin emas. Qonun hujjatlarini yaxşi bilgan hudud rahbari boğçaning yeriga tega olmaydi. Çunki u boğçaning yeri prezident imzolagan hujjat bilan sotişga ruxsat berilmagan. Qaysi hududlari mumkin, unda ham prezident qaroriga boşqa özgartiriş kiritilgan holda eng çekke-çekka joylarda ijtimoiy yönalişga töğri keladigan bölsa, şunday qilinyapti. Lekin şunda ham tadbirkorlarning faoliyatini köproq qöllab-quvvatlagan holda şunday yerlarni DXŞga hama qaratyapmiz”, – dedi u.
Qöşimça qilinişiça, ayni vaqtda Özbekistonda 3−7 yoşli bolalar soni 2 mln 930 ming 844 nafarni taşkil etadi. Şuning 74 foizi, ya’ni 2 mln 169 ming 538 nafari boğçaga boradi. Qolgan 800 mingga yaqini esa maktabgaça ta’limga qamrab olinmagan, aynan boğçalar yetişmovçiligi sabab.
Nima qiliş kerak? – “Tarbiyaçilarning işdan roziligi va psixologik holati örganilişi kerak”
Gabdulhakova boğça bolalariga bölayotgan zöravonliklar nafaqat oila va jamiyat, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham putur yetkazişini aytmoqda. Uning aytişiça, bolalarga şikast deyilganda faqat jismoniy jarohat tuşunilişi kerak emas.
“Bolani kaltaklab, qayerinidir mayib qiliş şart emas, agar bola doimiy ravişda uydan taşqarida, boğçada stress his qiladigan bölsa, bu butun oila hamda iqtisodiy jihatdan davlatga ham katta zarar olib keladi. Çunki xavotiri yuqori bölgan bola öz-özidan kasal bölaveradi. Ota-onalar e’tibor berganda ham bolalar boğçaga borişni boşlaganda, köp yiğlaganda, köp xavotirlanganda bunday bolalarda stress holati bölgani uçun kasal böliş darajasi yuqoriroq. Bundan taşqari, şunday xavotiri yuqori bölgan bolalarning öqiş, örganiş salohiyati ham pastroq böladi. Ya’ni xavotirlanib, qörqib turganida nimanidir örganişga ularning toqati yetmay qolişi mumkin. Odam qörqib turgan vaqtda yaşab ketiş uçun kuraşayotgan böladi, aqli biror yangi ma’lumotni olib rivojlana olmaydi”, – deydi u.
Psixolog bu borada tarbiyaçilarning işdan rozilik darajasi örganilişi lozimligini hamda turli psixologik testlar ötkazişni tizimli yölga qöyiş samara berişini bildirdi.
“Tarbiyaçilarga köpgina talablar qöyişimiz mumkin, lekin ularga yetarliça şaroit, ya’ni ularning işdan rozi bölişini ta’minlaş ham juda muhim. Ya’ni ularning işdagi vazifalarini minimallaştiriş, oyliklaridan rozi bölişi, işni jon-jahdi, mehr bilan qilişiga şaroit ham yaratib berişimiz kerak. Hozir tarbiyaçilardan nimanidir talab qiladigan bölsak, ular şunga yaraşa javoban heç narsa olmayapti. Faqatgina ota-onalarning bayramlarda beradigan sovğalarni olayotgan bölişi mumkin. Boğça tizimi yaxşilanişi uçun unga bir neçta tizimni kiritgan yaxşi. Masalan, maktab öqituvçilar şifokor qabulidan bir yilda bir marotaba ötib turişi kerak. Xuddi şunday psixologik testlarni ham qöşganimiz yaxşi. Psixologik test tarbiyaçilarning pedagogik mahoratini tekşiriş, ularning şaxsiyatini örganiş va 3-bölimda işdan roziligini biliş böyiça testlarni kiritiş juda ham yaxşi, mana şu testlarning natijasiga qarab umumiy muammolarni hal qiliş mumkin.
Insonning ruhiy buzilişlari bor yoki yöqligini aniqlovçi DSM4, DSM5 degan tizimlari ham bor. Şu tizimlar böyiça suhbatlar, testlar ötkazib, tarbiyaçilarning ruhiy salomatligini aniqlaş kerak. Tarbiyaçining pedagogik mahoratidan taşqari, uning şaxsiy qobiliyatlarini ham testlar orqali bilib oliş mumkin. Masalan, stressga çidamlilik, agressivlik darajasi, konflikt vaziyatlarda özini tutiş qobiliyatlari kabi narsalarni ham testlar orqali aniqlaş mumkin, dunyoda şunday maxsus testlar bor. Iloji boriça bolalarning oldiga agressivligi yuqori bölgan, özining emotsiyalarini boşqara olmaydigan odamlarni qöymagan ma’qul”,– dedi u.
“Muammoning asosiy ildizi – pul, hammasi pulga borib taqalaveradi”
Mutaxassisning aytişiça, Maktabgaça ta’lim agentligining boğçalardagi tekşiruvlari qoniqarsiz çiqqan, atigi 20 foiz muassasa talabga javob berişi aniqlangan. Şaripova agar tizim şu tarzda işlaşda davom etaversa, bolalar va tarbiyaçilar jabr köraverişini aytmoqda.
“Muammoning asosiy ildizi – pul, hammasi pulga borib taqalaveradi. Bu tizimdagi muammolarni tarbiyaçining oyligini kötarmasdan turib, bartaraf qilib bölmaydi. Tarbiyaçining xotirjamligi bölmasa, bola bilan yaxşi işlab bölmaydi. Ularda şunçalik bosim kattaki, rağbatlantiriş ham yöq. Rağbatlantiriş ham faqat rahbarlarga yaqin odamlarga böladi. Keyin guruhbozlik ham boğçalarda köpayib ketgan. Tarbiyaçilar şunday bosimda qolganidan keyin bolalarga ta’lim ham berişmaydi, şaxsiy rivojlanişmaydi ham. Ularda şaxsiy rivojlanişga bölgan motivatsiya yöq.
Tizim yarador, heç soğlomlaşmayapti. Tarbiyaçilarning oyligini oşirişsa, heç bölmasa, pulning motivatsiyasi sabab yaxşiroq işlarmidi... Lekin bunaqangi nosoğlom muhitda baribir yaxşilanmaydi deb ham öylab qolaman. Metodika umuman ölib yotibdi. Tizimga moddiy va ma’naviy-axloqiy yeçim kerak. Ma’naviy-axloqiy deganda boşqaruvdagilarni töğrilaşni nazarda tutyapman, çunki şu vaqtgaça boşqaruvni toazalay olişmayapti.
Maktabgaça ta’limning rivojlanişi uçun unga ajratilayotgan summalar oşirilişi va töğri yönalişlarga sarflanişi muhim. Aslida maktabgaça ta’lim uçun ajratilayotgan mablağlar ham kam emas, lekin şunça mlrd summalar tarbiyaçilarning çöntagiga borayotgani yöq”, – dedi mutaxassis.
Tizimning özi tuzalişni istaydimi?
Agentlik xodimi pedagoglarning bolalar bilan işlaş könikmasini tekşiriş, ruhiy holatini örganiş maqsadida maxsus testlardan ötkazilişini, hujjat loyihasi işlab çiqilayotganini aytdi. Unga köra, test jarayonlari 2024 yil iyul oyidan boşlanadi, bosqiçma-bosqiç respublikaga tatbiq qilinadi. Bu nafaqat Maktabgaça ta’lim agentligi, balki Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda amalga oşiriladi.
Şuningdek, Asqarxöjayeva Maktabgaça ta’limi agentligi tizim sifatida maktab ta’limiga qöşilişi sohani ortga tortayotganini, vazirlik sifatida alohida qolişi muhim bölganini qayd etdi.
“Bizni [Maktabgaça ta’lim agentligi] 2023 yilda qisqartirişganida, aynan maktabgaça ta’lim yönalişi qisqargan. Bu bizni yana oldingi holatimizga qaytarib olib kelişga turtki bölayapti deb öylayapman. Çunki ayrim hududlarimizning qamrov körsatkiçi -18, -20 foizga yetgan holatlari bölyapti. Ya’ni qamrov kamaymoqda.
Albatta, bu borada zudlik bilan Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli yuqori turuvçi taşkilotlarga murojaat qilindi. Aynan kimda qamrov körsatkiçi kam bölgani yuzasidan hokimlar bilan uçraşuv ötkazildi. Bu narsalar bartaraf etilyapti, lekin şu vaqtgaça bunday holat kuzatilmagan-da. Ideal deganingizda şu tizim [alohida] qolişi kerak edi”, – dedi agentlik vakili.
U hududlar kesimida maktabgaça ta’lim sohasida kadrlar kamayib ketganini, ularning örnini maktab sohasi mutaxassislari egallaganini aytib ötdi.
Umuman olganda ma’lum vaqt davomida sohada ösiş kuzatilgani rost. Bolalar qamrovida xususiy sektorning kengaygani, qaysidir ma’noda davlat boğçalaridagi yuklamalarni oldi. Ammo 2017 yilgaça mavjud bölgan 5 mingdan ziyod davlat boğçasi 7 yil içida atigi 1,5 mingtaga köpaygani quvonarli emas.
Bizningça, davlat inson sifati uçun xizmat qiladigan ijtimoiy obektlarni, ayniqsa ta’lim muassasalarini qurişda davom etişi kerak, eng köp mablağlar ham şu yerga sarflanişi lozim.