Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi boğçalarning birida maşğulot payti muassasa xodimlari tarbiyalanuvçilarga nisbatan qöpol muomalada bölayotgani aks etgan video tarqaldi.

Unda tarbiyaçilardan biri bolalarning qöli va quloğidan tortib sudragani, yana biri esa ularni tepganini köriş mumkin. Tasvirda bolalar tayoq bilan kaltaklangani ham köringan.

Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining ma’lum qilişiça, holat Urganç tumani 23-sonli MTTda sodir bölgan. Yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun taşkilotning yordamçi tarbiyaçilari R.M. va A.M. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. 

Uning ma’lum qilişiça, hozirda uşbu fakt böyiça Urganç tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.