Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyğonib, gul-çeçaklar oçilib, atrof yaşil libosga burkanib borayotgan şu kunlarda yaşariş va yangilaniş fasli bölmiş Navrözi olam yurtimizga kirib kelişi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni çin qalbimdan tabriklaş, barçangizga özimning çuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etiş – men uçun katta baxtdir.

Navrözi olam barçamiz uçun neça ming yillik tarixga ega, ildizlari “Avesto” davrida paydo bölgan, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, keça va kunduz teng keladigan şarqona yangi yil bölib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-şuuriga çuqur singib ketgan eng sevimli, eng gözal bahor bayramidir.

Ayni şu betakror va dilbar faslda köklam nafasi va mayin şabadalar kirib kelişi, kurtaklarning oçilişi bilan inson vujudiga bahor naşidasi yugurgandek böladi. Barçamiz özimizni yaşarib ketgandek, kuç-quvvat, ğayrat va şijoatga tölgandek sezamiz, özimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz.

Ayni şu fayzli, şodiyona damlarda yurtimizning barça göşalarida, qir-adirlar, boğu roğlarda yurtdoşlarimiz sumalak va halim, köksomsa va göja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida töplanib, bu bahor ne'matlarini öz oilasi, yaqinlari, döstu birodarlari bilan baham körişga intiladi.

Heç şubhasiz, bunday xursandçilik va sayil-tomoşalarni köpçilik xonadon va mahallalarda, markazda, uzoq va çekka qişloqlarda köriş, kuzatiş qiyin emas.

Aholimiz, qaysi millat va elat vakili bölişidan qat'i nazar, bayramona kayfiyatga berilib, bu ajoyib ayyomni katta şodu xurramlik bilan ötkazadi, bunday damlarda nafaqat taniş, balki notaniş odamlarni ham qutlab, bağriga bosib, soğlik, baxtu saodat va omad tilaşi heç kimni befarq qoldirmaydi, desam, haqiqatni aytgan bölaman.

Men ham ayni şu daqiqalardan foydalanib, mana şu muazzam va gözal maydonda töplangan siz, azizlarga, butun xalqimizga qarata Alişer Navoiy bobomizning tabarruk sözlari bilan aytmoqçiman: “Barçangizga Navröz bayrami muborak bölsin, har kuningiz Navröz bölsin!” degan samimiy tilaklarimni, mehr-izzatimni qabul qilişingizni sörayman.

Qadrli döstlar!

Navrözning ölmas ruhi va qadriyatlari avlodlardan-avlodlarga bezavol ötib kelmoqda, oradan qança yillar, zamonlar ötmasin, bu ğoya va odatlar bugungi kunlarda ham xalqimizning ongu tafakkurida çuqur iz qoldirib, kuçayib bormoqda.