Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir va hokimlar boshchiligida tun-u kun ishlaydigan shtablar tuziladi
Sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bosh vazir boshchiligida respublika shtabi, joylarda esa viloyatlar hokimlari rahbarligida hududiy shtablar tashkil etiladi. Shtablar sanoat korxonalaridan 24 soat davomida muammolarni qabul qilib, ularni tezkor hal qilishi kerak.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlardagi sanoat korxonalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berildi.
Jumladan, bosh vazir boshchiligida tun-u kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.
Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.
Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
13:52 / 02.06.2026
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
19:05 / 12.05.2026
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
09:28 / 07.05.2026