Bugun, 27 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Köngil közi» loyihasi doirasida Toşkent şahridagi 77-sonli ixtisoslaştirilgan közi ojizlar maktab-internati öquvçilari bilan maxsus suhbat taşkil etildi.
Unda öquvçilar öz qiziqişlari xususida gapirişdi, agentlik rahbarlariga savollar va takliflar bilan murojaat qilişdi.
Jumladan, maktab öquvçilari ayni paytda musiqa va san'at maktabida ta'lim oliş uçun tölov bilan boğliq muammolari borligi, lekin musiqaga qiziqişlari balandligi haqida ma'lumot berib, tölov puli bilan boğliq imtiyoz berilişi imkoni bor yoki yöqligi haqida söraşdi.
«Köngil közi» loyihasi doirasida musiqa va san'at maktablarida öqiş uçun haq tölaş tizimi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga öz takliflarimizni berib, yaqin kunlarda unga özgartiriş kiritilişiga harakat qilamiz», deya uşbu muammo yuzasidan munosabat bildirdi agentlik direktori Komil Allamjonov.
Eslatib ötamiz, mazkur muammo biroz vaqt oldin tahririyat tomonidan ham örganilib, mutasaddi taşkilotlar fikri olingan edi.
Musiqa va san'at maktablarida ta'lim oliş uçun tölov Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablarida öqişi uçun haq tölaş va undan foydalaniş tartibi töğrisida»gi nizom asosida tartibga solinadi.
Unda qator talablar asosida ayrim bolalar bepul va çegirma asosida ta'lim olişiga imkon berilgan bölsa-da, bu röyxatga imkoniyati çeklangan bolalar kiritilmagan.












