“Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonunga özgartiriş kiritildi. Bu haqda norma.uz xabar qiladi.
Unga köra, Toşkent şahrida yoki viloyatida propiskadan ötganining birinçi yili davomida ajraşiş qayd etilsa, er yoki xotin doimiy propiskadan mahrum böladi.
Özgartiriş 25 aprel kuni Özbekiston prezidenti tomonidan imzolangan va 26 aprel kuni kuçga kirgan qonunda közda tutilgan.
Ma'lumot uçun, poytaxt hududida propiskadan ötiş töğrisidagi qonun 2011 yilda qabul qilingan edi. Unda Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga propiska qöyilişi mumkin bölgan fuqarolarning 12 toifasi keltirib ötilgan, şu toifalardan biri Toşkent şahrida propiskaga ega şaxs bilan nikohdan ötganlar hisoblanadi.











