Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 19 yoshli kelin molxonada o‘zini osgan holda topildi. U o‘limidan oldin do‘pposlangani aytilmoqda
Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli homilador kelinning molxonada o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kelinning o‘z joniga qasd qilishiga uning o‘limidan avval eri, qaynakasi va qaynotasi tomonidan do‘pposlangani turtki bo‘lgani, bunga sabab sifatida esa kelin uyidagilardan beso‘roq ammasining tug‘ilgan kuniga ketgani va yo‘lkiraga qo‘shnidan 5 ming so‘m pul qarz olgani aytilmoqda.
Kun.uz Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovdan olgan ma'lumotga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan, Shovot tumani Katqal'a mahallasida yashagan Muxlisa Qadamboyeva 1 aprel kuni soat 11:00larda o‘z uyining molxonasida yog‘och to‘singa o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Dastlabki ekspertiza ma'lumotida Muxlisa Qadamboyevaning o‘limi sababi sifatida o‘zini o‘zi osishi natijasidagi asfiksiya holati keltirilgan.
Shuningdek, Hayot Shamsutdinov marhumaning do‘pposlangani haqida aniq ma'lumotga ega emasligini, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini va tekshiruv natijalari haqida ma'lumot berilishini bildirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Muxlisa Qadamboyeva 2020 yil oktabr oyida 2001 yilda tug‘ilgan M.Yangiboyev bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqal'a mahallasida istiqomat qilib kelgan.
- Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 103-moddasida shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
16:58 / 22.05.2026
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
08:33 / 19.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
11:11 / 15.04.2026