Hayot bitta to‘lqinda jim oqib keluvchi daryo emas, unda biz turli sinov va mashaqqatlarga, yaxshi va xursandchilik onlariga duch kelamiz. Faqat atrofdagi kishilar, yaqinlarimizning daldasi, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlari bilan inson yorug‘ hayotga yana qadam qo‘ya boshlaydi.
Musibatli kunlarda ehtiyojing boshqa kimsalar qo‘lida qolib ketishi achinarli holat bo‘lsa kerak. Ana shunday og‘ir damlardan birida Otayeva Maqsuda farzandi Suxrobbekni davolatish uchun zarur bo‘layotgan dori-darmonlarni sotib olish uchun chet el valyutasiga muhtoj bo‘ldi. Boisi, 2007 yilda tug‘ilgan Soliyev Suxrobga ko‘z saratoni kasalligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u bir muddat muolajalar olib kelayotgan edi. O‘tgan yili Hindistonda o‘tkazilgan davolash amaliyotlaridan so‘ng, bemorning ahvoli ancha yaxshilandi. Shunga qaramay, muntazam dori-darmonlarni qabul qilib turish, kelgusida Suxrobning ikkinchi marta davolanish uchun Hindistonga borishi talab qilingan. Har oy taxminan 500 AQSh dollari qiymatidagi dorilar, bundan tashqari O‘zbekistonda tanqis bo‘lgan darmonlarni o‘g‘liga yetkazib berish uchun oila a'zolarining hech kimga og‘irligi tushmadi. Yaqin qarindoshlar va jonkuyarlarning ko‘magi bilan muolajaning davriyligi to‘xtatib qo‘yilmadi. Ammo...
Vaziyat shuni taqozo etardiki, Maqsuda 2017 yil boshida Xorazm viloyatidagi bir nechta bank filiallariga chet el valyutasini sotib olish uchun murojaat qila boshladi. Avvaliga, «Milliy Bank» TIF Xorazm viloyat filialiga, so‘ngra «Ipoteka» ATB hududiy filialiga murojaat qilgan bemorning onasi amaliy natijaga erisha olmaydi. Uzoq muddatlik sarsongarchilik, qog‘ozbozlik bosqichlarini boshdan kechirgach, iyun oyining o‘rtalarida, ya'ni 14-15 iyun kunlari bemorning otasiga Ipoteka bank filiali rahbari yordam qilishga qaror qiladi. Dastavval, barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, so‘ngra, Otayevlar oilasidan 8.100.000 so‘m naqd pul qabul qilib olingan. «Ertaga keling», deb buyruq berishganda, ota-ona biroz yengil nafas oldi. Endilikda Suxrobning dori-darmoni uchun mablag‘ olsa bas.
Mazkur bankning mas'ul xodimi kelgusi kuni binoga kirib kelgan ota-onaga pul tushganini ma'lum qilgach, Maqsuda bank plastik kartochkasini o‘zining opasiga berib yubordi. Balki shu joyga yetib kelganda, o‘quvchida shubha uyg‘onishi mumkin, ammo dorilarning faqat xorijdan keltirilishini, ularning esa Hindistonga yana ketish uchun hujjatlarni tayyorlashga taraddudlanayotganini hisobga olsak, barcha harakatlar mantiqqa to‘g‘ri keladi. Biroq,














