Ma’lum qilinişiça, gap Londonning nufuzli Belgravia tumanidagi ikkita kvartira va Surrey grafligidagi uy haqida bormoqda. Byuroga köra, ularning narxi 20 million funt sterlingdan oşadi.
Ingliz rasmiylarining fikriça, Gulnora Karimova va uning oilasi bu mulklarni Özbekistondagi korrupsion faoliyatdan topgan pullari hisobiga sotib olgan.
“Byuroning hisoblaşiça, Karimova 2004-2012 yillar oraliğida Özbekiston bozoriga kirişiga yordam beriş evaziga telekommunikatsiya kompaniyalaridan yuzlab million dollar pora olib kelgan”, deyiladi Angliyaning vakolatli organi bayonotida.

SFO Karimovaning Britaniyadagi aktivlarini, jumladan, şu uçta mulkka taqiq qöyiş yuzasidan sudga 2018 yil oktyabr oyida murojaat qilgan. Keça, 8 avgust kuni sud bu da’voni qanoatlantirgan.
“Biz bugun bu mulklar ustidan nazoratni qölga kiritiş uçun köplab ofşor hisobraqamlar va kompaniyalarni öz içiga olgan murakkab moliyaviy zanjirlarni örganib çiqdik. Sudning bu qarori bizning Birlaşgan Qirollikdan iflos pullarni yöqotişga qaratilgan sa’y-harakatlarimizda oldinga siljiş böldi”, – degan Katta firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi direktori Liza Osofski.

Gulnora Karimova 2019 yil bahoridan beri Toşkent viloyatidagi 21-sonli koloniyada jazo muddatini ötamoqda. 2020 yil mart oyida Oliy sud u jinoiy guruh taşkil etiş, firibgarlik, davlat mulkini özlaştiriş va boşqa jinoyatlarda ayblanib, 13 yil-u 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.
Şveytsariya, Fransiya, AQŞ va boşqa qator mamlakatlarda Gulnora Karimovaga aloqador aktivlarning umumiy miqdori qariyb 1,4 milliard dollarga baholanmoqda. Xususan,, Kun.uz xorij naşrlariga tayanib Özbekiston birinçi prezidentining qizi Britaniyada kamida uçta uyga egaligi haqida yozgan edi.
Töldiriş:












