Ingliz matbuotida Gulnora Karimovaning Birlaşgan Qirollikdagi köçmas mulklari haqida ma’lumotlar paydo böldi.

The Times xabariga köra, Londonga tutaş Surrey grafligidagi Gorse Hill Manor nomli yirik mol-mulk Karimova nomida. U mazkur haşamatli xonadonni 2010 yilda 18 mln funt sterling (23,5 mln dollar)ga sotib olgan.

Köçmas mulkning hozirgi narxi 30 mln funt (39 mln dollar)ni taşkil etadi.

Daily Mail`ning qöşimça qilişiça, Gorse Hill Manor 1912 yilda qurilgan bölib, qayiqda sayr qilişga möljallangan köl va 70 ming kv.m. maydonni egallagan boğlarni ham öz içiga oladi.

Karimovaning bu danğillama hovli-joyi yaqinida Bruney sultonining qasri ham joylaşgan.

Ma’lum bölişiça, Özbekistonning birinçi prezidenti tönğiç qizining Londonda ikkita kvartirasi ham bor. Biri – Meyfer tumanida (narxi 8 mln funt), ikkinçisi esa Belgraviya tumanida (narxi 2 mln funt).

Eslatib ötamiz, 2018 yil oktabr oyida Buyuk Britaniya hukumati Karimovaning qirollik hududidagi uçta köçmas mulk obektini xatlaş da’vosi bilan sudga murojaat qilgan, öşanda Öta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi (Serious Fraud Office) gap aynan qaysi mulklar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan edi.

2015 yildan buyon hibsda qolayotgan Karimova 2019 yil yozida Özbekiston prezidentiga murojaat qilib, xalqdan keçirim söragan