O‘zbekiston | 22:50 / 15.09.2018
61387
1 daqiqa o‘qiladi

UzCard’da yana texnik nosozlik. O‘zbekistondagi hech qaysi milliy plastik karta ishlamayapti

O‘zbekistonda bir necha soatdan buyon UzCard faoliyatida navbatdagi texnik nosozliklar kuzatilmoqda. Ayni vaqtda ham butun respublika bo‘ylab millionlab milliy plastik kartalardan foydalanib bo‘lmayapti. Shuningdek, PayMe va Click ham ishlamayapti.

«Texnik nosozliklar munosabati bilan 15 sentabr kuni soat 18:52dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM-qurilmalari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmayapti», deyilgan kompaniya xabarida.

Kompaniya vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan. Shu bilan birga muammo qachon bartaraf etilishini ma'lum qila olmagan.

Ayni vaqtda Toshkentdagi supermarketlarda mijozlar plastik kartalari orqali to‘lov qila olmaganliklari tufayli olgan mahsulotlarini qoldirib ketishga majbur bo‘lishmoqda.

Qayd etish kerakki, UzCard faoliyatida uzilishlar vaqti vaqti bilan kuzatilib turiladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi barcha milliy plastik kartalarga bitta kompaniya — UzCard xizmat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid