Uşbu materialda aks etgan ma’lumotlar böyiça Farğona viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilişiça, Kun.uz materialida keltirilgan holatlar yuzasidan Farğona viloyati hokimligi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
13 oktabr kuni bölib ötgan Uçköprik tumanida fermerlar yer ijara şartnomalari bekor qilinişini sörab ariza yozişi bilan boğliq holat viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida töliq örganib çiqildi. Örganiş natijasida quyidagilar aniqlandi:
Uçköprik tumanida “Global Textile solution” MÇJ paxta-töqimaçilik tomonidan 2022 yil hosili uçun 187 ta fermer xöjaliklari bilan 5720 gektar maydonda 20 ming 300 tonna paxta xomaşyosini yetiştiriş böyiça fyuçers şartnomalari tuzilgan.
Mavjud hisobot ma’lumotlariga köra, 17 oktabr holatiga jami 18 ming 121 tonna paxta xomaşyosi qabul qilinib, şartnomaviy majburiyat tuman böyiça 89,27 foizga bajarilgan.
Aniqlanişiça, 2022 yil 13 oktabr kuni tuman hokimligi majlislar zaliga şartnoma majburiyatini bajarmagan fermer xöjaliklari taklif etilib, şartnoma böyiça majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari tuşuntirilgan.
Şu kuni tumandagi xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius M.Ergaşev tomonidan jami 16 nafar fermer xöjaliklari rahbarlarining tuzilgan yer ijara şartnomalarini öz ixtiyorlari bilan bekor qiliş haqidagi yozgan arizalari tasdiqlanib, reyestr raqamlari qayd etilgan.
Mazkur arizalar fermer xöjaliklari rahbarlarining öz xohişlariga asosan 15 oktyabrda uşbu notarius orqali bekor qilinib, reyestrga kiritilgan.
Tumanda 13 oktabr holatiga jami 135 ta fermer xöjaliklari tomonidan şartnoma majburiyatlari bajarilmagan bölib, ularning 8 tasi 50 foizdan past, 21 tasi 50-70 foizgaça, 58 tasi 70-90 foizgaça va 48 tasi 90 foizdan yuqori holda majburiyatlarni bajarmagan.
Xususan, hokim sektorida 41 ta, prokuror sektorida 26 ta, IIB sektorida 37 ta, DSI sektorida 31 ta fermer xöjaliklari paxta xomaşyosi yetiştiriş şartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan.
Örganiş davomida arizalari notarius orqali rasmiylaştirilgan “Dostonbek” (S.Jörayev), “Nihol” (F.Xotamov), “Nurli kelajak” (M.Maxmudov) va boşqa fermer xöjaliklari rahbarlari bilan suhbat qilinib, holat böyiça izoh olinganda barçasi tuman hokimligi majlislar zalida sektor rahbarlari tomonidan şartnoma majburiyatlari bajarilmasligi oqibatlari tuşuntirilganligi, biroq öz xohişlari bilan yer ijara şartnomasini bekor qiliş haqida ariza yozib berganliklarini, ularni heç kim majbur qilmaganligini, barçasi jahl ustida yozilganligi sababli qayta ariza yozişib, notarius orqali dastlabki ariza bekor qilinganligini ma’lum qilişgan.














