AQSh sudi G‘ofur Rahimovning arznomasini rad etdi
Vashington sudi O‘zbekiston fuqarosi, Xalqaro boks assotsiatsiyasining sobiq prezidenti G‘ofur Rahimovning AQShning uyushgan jinoyatchilik uchun kiritiladigan sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarish haqidagi arznomasini qondirishni rad etdi.
Bu haqda AQSh sud tizimining elektron ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan rasmiy hujjatida ma'lum qilingan.
AQSh moliya vazirligining sanksiyalar qo‘llanishining qonuniyligi uchun javob beruvchi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 2012 yilda Rahimovni sobiq ittifoq fuqarolari tashkil etgan “Birodarlik halqasi” xalqaro jinoiy tarmog‘i faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, unga nisbatan sanksiyalar kiritgan. 2017 yilda AQSh moliya vazirligi Rahimovga qarshi kiritilgan sanksiyalar talqin qilinishini o‘zgartirib, uni jinoiy avtoritetlar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. O‘z navbatida Rahimov ushbu qarorni noqonuniy deb atab, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarning nimaga asoslangani unga tegishlicha ma'lum qilinmaganini aytgan.
“Sud arzchining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani asosli bo‘lgani va joriy tartibda u bo‘yicha bahslashish samarasiz ekanligi haqidagi qarorga keldi”, deyilgan federal sudya Jyeyms Bosberg qarorida.
“Moliya vazirligining sud tomonidan videoaloqa bo‘yicha ko‘rilgan maxfiy ma'lumotlari Rahimovning (ehtimoliy) jinoyatlari va “qonundagi o‘g‘rilar”ning jinoyatlari o‘rtasida bog‘liqlik borligi haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi. U sudga ushbu qarorni rad etuvchi birorta ma'lumot taqdim qilmagan va faqatgina moliya vazirligi ma'lumotlari yetarlicha emasligini aytish bilan kifoyalangan”, deyilgan sudya qarorida.
“Agar arzchi o‘zining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishi haqidagi arznomasi bo‘yicha Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining qarorini noto‘g‘ri yoki yetarlicha asoslanmagan deb hisoblasa, u chiqarilayotgan qaror bo‘yicha sudda bahslashishi mumkin”, deb aytgan sudya.
Mavzuga oid
22:11 / 28.01.2025
Daniya tashqi ishlar vaziri: Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritolmaydi
21:16 / 28.01.2025
AQSh hududida «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi yaratiladi
16:03 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
23:24 / 27.01.2025