Özbekiston Markaziy bankidan Kun.uz’ga ma'lum qilişlariça, milliy valutaning denominatsiyasi (pul qiymatini özgartiriş) yuz bermaydi. Avvalroq qator OAVda prezident Şavkat Mirziyoyev 100 000 sömlik yangi kupyurani valutaning keyinçalik denominatsiyasi bilan çop etiş töğrisida körsatma bergani haqida xabarlar paydo böldi.
Matbuot xizmatidan tasdiqlaşlariça, Markaziy bank yangi kupyurani muomalaga çiqarişni rejalaştirmoqda, biroq uning nominal qiymati hali örnatilmagan.
«Ha, yangi banknotni çiqariş böyiça iş olib borilmoqda. Biroq, u qaçon va qanday nominal qiymatda çiqarilişi hali ma'lum emas», - dedi suhbatdoş.
Şu bilan birga, sömning denominatsiyasi haqidagi ma'lumot tasdiqlanmadi.
Özbekiston Markaziy banki oxirgi marta 2017 yil avgustida yangi banknotni muomalaga çiqardi. Öşanda bu 50 000 sömlik kupyura edi.












