Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi maktab hovlisida daraxtlar kesib taşlandi. Poytaxt hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilişiça, Mirzo Uluğbek tumanidagi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi Mafifdum (sobiq 171-maktab) hududidagi 26 tup Glediçiya navli manzarali daraxt 28 may, yakşanba kuni fuqaro Anatoliy Straşko tomonidan kesilgan.

Videokuzatuv kamerasining körsatişiça, fuqaro bu işni maktabni örab turuvçi panjaraga tutaş bölgan garajlardan oşib tuşib, amalga oşirgan.

Uşbu holat Toşkent şahar va Mirzo Uluğbek tumani hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi va uning tuman bölimi hamda tuman prokuraturasi tomonidan örganildi. Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berişiça, daraxtlar nobud qilinişi natijasida ösimlik dunyosiga 312,1 mln söm zarar yetkazilgan.

«Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 171-maktab hovlisidagi 26 tup glediçiya daraxtlari nobud qilingani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi xabarda.