Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanidagi 50-maktab öqituvçisining kaltaklangani, ayni paytda homilasini yöqotiş xavfi borligi haqida xabar berilgan.

Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Ravşan Tölakov Kasbi tumani tibbiyot birlaşmasi tuğruq bölimida davolanayotgan muallimani borib körgan va salomatligini öz nazoratiga olgan. Bu haqida viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilişiça, bemor 30 haftalik homilaning muddatidan oldin tuşiş xavfi bilan tuman tuğruqxonasiga şu yil 29 aprel kuni soat 20:30da keltirilgan. Travmatolog körigidan söng uning çap yelka yuqori uçligida terida 3x4, çap boldir yuqori uçligida esa 6x4 santimetrlik kökarişlar qayd etilgan.

Şuningdek, viloyat perinatal markazidan kelgan malakali mutaxassislar tomonidan bemor  körikdan ötkazilib, zarur muolajalar olib borilgan.

Dori-darmonlar bilan ta'minlaş, tibbiy ekspertizadan ötkaziş çoralari ham belgilangan. Axborot xizmatining yozişiça, ayni paytda bemorning ahvoli qoniqarli.

Qaşqadaryo viloyat IIB axborot xizmati uşbu holat yuzasidan hozirça munosabat bildirmadi.