Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati hamda ushbu ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi tasdiqlandi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:
- jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash;
- davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish.
- Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53
-
Fransiya yadroviy kallaklarga ega qiruvchi samolyotlarini Germaniya bilan chegaraga joylashtiradi
Jahon | 20:38
-
2024 yil O‘zbekistonda Ombudsmanga qilingan murojaatlar soni 23 mingdan ortib ketdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:30
Mavzuga oid

15:39 / 01.06.2024
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

16:00 / 30.05.2024
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi. Bunday ta’qib uchun javobgarlik bor

08:26 / 14.05.2024
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yetakchi hudud ma’lum bo‘ldi

14:12 / 20.04.2024