Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga topşirilgan 25ta vazifaning 4tasi belgilangan muddatda bajarilmagan. Bu haqda Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bölib ötayotgan yigirma törtinçi yalpi majlisida ma'lum qildi.

 “Bajarilmagan vazifalarning bittasiga misol keltirmoqçiman. Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beruvçi RFning köp tarmoqli markazini Özbekistonda taşkil etiş belgilangan edi. Biroq bu markaz faoliyati şu kunga qadar yölga qöyilmagan. Özingiz öylang, agar uşbu markaz taşkil etilganda noqonuniy migratsiyaning oldini oliş, qolaversa, fuqarolarimizning haq-huquqlarini ta'minlaş kabi bir qator muammolar hal qilingan bölardi. Bu masala böyiça qömitaning qarori qabul qilinib, uning ijrosi nazoratga olindi. Öylaymanki, vazirlik bu masalani yilning oxirigaça hal qiliş imkoniyatiga ega”, deya Zayniddin Nizomxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 Eslatib ötamiz, Senatning 24-yalpi majlisi töğridan-töğri translatsiya qilinmoqda. Yalpi majlis işini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (Facebook, You Tube) orqali töğridan-töğri onlayn rejimida kuzatib borişingiz mumkin.