Boş prokuratura va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamkorligida Farğona viloyatida ötkazilgan örganişda moratoriy talablarini buziş holatlari aniqlangan. Xususan, joriy yil yanvar-fevral oyida “Bağdodmaxsussuvpudrat” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalar Norin-Farğona irrigatsiya tizimidagi Katta Andijon kanali qirğoğida ösib turgan 1 ming 213 tup daraxtni qasddan kesib taşlagan. Natijada ösimlik dunyosiga 4,6 mlrd söm zarar yetkazilgani aniqlangan.
Şuningdek, holat yuzasidan Farğona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda içki işlar organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Boş prokuratura tomonidan mazkur jinoyat işi tergovi ustidan nazorat örnatilgan.












