Prezident Şavkat Mirziyoyev Şayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan köp qavatli uylarni borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat tomonidan ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan e'tibor natijasida Milliy boğ yonidagi sölim maskanda Adiblar xiyoboni, Yozuvçilar uyuşmasining yangi binosi barpo etilgan edi. Uşbu xiyobon röparasida qurilayotgan mazkur uy-joylar yozuvçi va şoirlarga beriladi. Uyning birinçi qavatida 60 örinli maktabgaça ta'lim muassasasi va oilaviy poliklinika taşkil etiladi.

Şavkat Mirziyoyev qurib bitkazilgan xonadonlardan birini va maktabgaça ta'lim muassasasini kirib kördi. Oilalarning tinç-farovon yaşaşi, bolalarning barkamol bölib ulğayişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.

Şu yerda Toşkent şahri tumanlarida zamonaviy turar joy majmualari, işbilarmonlik markazlari, dam oliş maskanlari va sayilgohlar quriş, jamoat transporti xizmatini yaxşilaş böyiça loyihalar taqdimoti ötkazildi.

Davlat rahbari mutasaddilarga loyihalarni takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi.