Majlisda qömita taşabbusi bilan internet tarmoğida yoşlar va voyaga yetmaganlar uçun milliy kontentni rivojlantiriş, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş madaniyati va zararli axborotdan himoya qiliş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş töğrisidagi masala dastlabki tarzda muhokama etildi.
Statistik ma’lumotlarga köra, mamlakatda “Facebook”da 4,7 mln, “Instagram” da 3,7 mln, “Linkedln”da 288 ming, “Telegram”da 18 mln, “Odnoklassniki”da 16,7 mln, “Twitter”da 51,6 ming va “V-kontakte”da 2,6 mln foydalanuvçilar mavjud bölib, ularning köpçiligini yoşlar taşkil qilmoqda.
“Keyingi vaqtlarda internet tarmoği va ijtimoiy tarmoqlarda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan tarğibot materiallarini berib boriş, bolalarni internetdagi turli axborot xurujlaridan himoyalaşga qaratilgan elektron şaklda illyustratsiya qöllanmalari yaratiş borasidagi işlar yetarli darajada olib borilmagan.
“Vikipediya” platformasida Özbekiston haqida ma’lumotlar kamligi yoki eskiligi, ommabop onlayn platformalarda mamlakatimiz haqida sifatli formatdagi tarixiy kino va badiiy filmlar yetişmasligi tufayli yoşlar va voyaga yetmaganlarning ma’naviyatga zid turli xorijiy kontentlarga qiziqişi tobora ortmoqda.
Oqibatda esa mafkuraviy tahdidlar orqali aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa yoşlarning qaraşlarini özlariga ma’qul bölgan yönalişda özgartirişga, axloqsizlik kabi buzğunçi ğoyalarni singdirişga urinişlar bölmoqda”, deyiladi Senat xabarida.
Qayd etilişiça, birgina 2021 yilning dekabr holatiga köra milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik tarğibotiga xizmat qilişi mumkin bölgan holatlar aniqlangan bölib, 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.
Senatorlar öquvçi yoşlarning ongiga zarar yetkazişi mumkin bölgan axloqsizlikni tarğib qiluvçi va diniy adovatni qözğatuvçi kontentlarga, tavakkalçilikka asoslangan onlayn öyinlarga, totalizatorlarga, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan hamda jamiyatda buzğunçilik ğoyalarini tarğib qiladigan veb-resurslarga qarşi kuraşiş ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.












