Bugun, 21 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr körgan aholisi uçun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda ÖzA agentligi xabar bermoqda.

50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki röyxatiga bolalar va kattalar uçun kiyimlar, maişiy texnika vositalari, çidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, çaqaloqlar bötqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar töplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

Insonparvarlik yuki yordami körinişidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Özbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib berişadi.

  • Eslatib ötamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida röy bergan 7,8 va 7,4 balli zilzilalar qöşni Suriya şimoli-ğarbidagi hududlarga ham katta talafot yetkazdi. Bu hududda 6 mingga yaqin kişi ölimi tasdiqlangan, ammo bu yakuniy raqamlar emas.
  • 20 fevral kuni keçqurun Turkiya janubida 6,4 va 5,8 balli navbatdagi yer silkinişlari röy berdi va yana Suriya şimolidagi hududlar bundan zarar kördi.