25 iyun kuni Özbekistonda epidemiologik vaziyat oğirlaşişi ortidan Soğliqni saqlaş vazirligi taklifiga asosan Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan joriy etilgan tartib va çeklovlarga qöşimçalar kiritilgandi:

  • 28 iyundan 12 iyulga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi;
  • 28 iyundan respublika böylab köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalar işlaşiga soat 8:00dan 20:00gaça ruxsat beriladi;
  • köngiloçar va umumiy ovqatlaniş obektlarida taşrif buyuruvçilarga uşbu muassasalar umumiy siğimining 50 foizidan qat'iy oşirmagan holda xizmat körsatiş belgilandi.

SSV Toşkentga kiriş böyiça çeklovlar kimlarga tatbiq etilmasligi böyiça aniqlik kiritgan.

Uşbu çeklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi:

  • Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga;
  • Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) çet el fuqarolariga;
  • davolaniş uçun taşrif buyurayotgan şaxslarga;
  • Toşkent şahrida doimiy faoliyat körsatuvçi hududlardan keluvçi şaxslarga (iş joyi töğrisida tasdiqlovçi hujjat bölgan taqdirda);
  • Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uçib ketuvçi şaxslarga (aviaçipta bölgan taqdirda);
  • Özbekiston Respublikasiga turist bölib kelgan çet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovçisi hamda agar guruhli jamoa bölsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
  • barça turdagi yuk taşiş, şuningdek, quriliş materiallari (qum, şağal va boşqalar) bilan boğliq hollarga, yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda «Özbekiston poçtasi» AJning poçta jönatmalarini taşiş bilan boğliq hollarga;
  • soğliqni saqlaş tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.

28 iyun kunidan bu çoralar kuçga kirdi. Ammo şu vaqtda OAVda Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan kiriş böyiça örnatilgan çeklov tez orada özgartirilişi kutilayotgani haqida xabar tarqaldi.