Özbekistonda allaqaçon 40dan ziyod kişiga yuqqan koronavirusli infeksiya turli yuzalarda 5 kungaça saqlanib turişi mumkin ekan. Ukrainalik taniqli pediatr Yevgeniy Komarovskiy bu borada infografika e'lon qildi.

Ma'lumotlarga köra, infeksiya qoğoz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanişi mumkin – 5 kungaça.

Şuningdek, u 4 kungaça yoğoç hamda şişa yuzada saqlanib turişi mumkin.

Virus alyuminiy yuzalarda 2 soatdan 8 soatgaça, jarrohlik qölqoplarida 8 soatgaça, temir sirtlarda 48 soatgaça saqlanadi.

Yodda tuting: özingizni saqlaş uçun:

  • ÖRVI alomatlari bor insonlar bilan aloqada masofalaning — kamida 1,5 metrgaça;
  • yuzingizga, jumladan, köz, burun va oğzingizga teginmang;
  • mahsulotlarni olovda toblab iste'mol qiling — göşt, göşt mahsulotlari va tuxumni xomligiça yemang;
  • ÖRVIning birinçi alomatlari paydo bölganda zudlik bilan oilaviy vraçingizga murojaat qiling.