Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Vazirlar Mahkamasining “Toşkent viloyatida bojxona terminalini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi №PF-5582 sonli farmoniga asosan, Toşkent viloyati bojxona postlarining çegaradoş hududlarida, ya'ni “Yallama” bojxona posti hududida şu jumladan, davlat-xususiy şerikçiligi şartlarida kuniga 500 ta avtotransport vositalarini ötkaziş qobiliyatiga ega zamonaviy bojxona terminali qurilişi nazarda tutilgan.
Belgilab qöyilişiça:
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi, loyiha taşabbuskori hisoblanadi;
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi №PF-5582 farmoniga asosan örnatilgan tartibda, loyiha böyiça buyurtmaçi funksiyalarini investor bajaradi.
Loyihani moliyalaştiriş Investor mablağlari hisobiga amalga oşiriladi, şu jumladan:
loyiha hujjatlarini işlab çiqiş, loyiha-tadqiqot işlarini olib boriş şu jumladan xorijiy loyiha taşkilotlarini jalb qiliş, işlab çiqilgan loyihaviy hujjatlarni Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiqlaştiriş;
zarur jihozlar, ehtiyot qismlar, komponentlar, intellektual huquq, boşqa tovarlar va xizmatlar xarid qiliş;
muhandislik kommunikatsiyalari, yöllar, binolar qurilişi, bojxona terminalining hududida va uni amalga oşiriş bilan boğliq bölgan boşqa pudrat işlari;
Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini majburiy tekşiriş va tasdiqlatiş.
Belgilab qöyilişiça:
bojxona terminali hududida davlat nazorati organlari bepul joylaştiriladi;
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi bojxona terminali hududida davlat nazorat organlarini faoliyatini muvofiqlaştiradi;
davlat nazorat organlari tomonidan qöllaniladigan tarif va yiğimlar qonunçilikda belgilangan tartibda örnatiladi;
bojxona terminalini boşqariş, şu jumladan korxona xarajatlari, xöjalik birlaşmalari iş tartibi va faoliyat tartibi Loyiha doirasida xavfsizlik va boşqalar Investor tomonidan belgilanadigan boşqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi;












