Respublika maxsus komissiyasi 28 iyundan 12 iyulgaça Toşkent şahriga avtotransportda kirişni çeklaş haqida qaror qabul qilgan edi. Çeklov 28 iyun, duşanbadan amal qila boşlaşi belgilangandi.

Biroq amalda bunday bölmayapti. Xalq tilida “Ippodrom” deya ataluvçi savdo komplekslari yaqinidagi “Erkin” YPX postida bölgan Kun.uz muxbiri post orqali barça turdagi avtotransportlar erkin harakatlanib ötayotganining guvohi böldi.

Şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda postlardagi xodimlar hozirça “tuşuntiriş işlari olib boriş” bilan kifoyalanayotganini aytdi.

“Toşkent şahriga aloqasi yöq transport vositalari haydovçilariga bemaqsad yurmaslik tuşuntirilyapti. Hozirgi kunda poytaxtga kirişdagi barça YPX maskanlari töliq nazoratga olingan. Bu maskanlarda xizmat olib borayotgan PPX va YPX xodimlari muntazam ravişda tarğibot-taşviqot işlarini amalga oşirmoqdamiz.

Qöşimça yangilik bölgan taqdirda, ommaviy axborot vositalariga zudlik bilan ma'lumot beriladi. Biz ayni damda faqat tuşuntiriş işlari olib bormoqdamiz”, – dedi poytaxt YHXB matbuot kotibi.

Özbekistonda koronavirusning hindça ştammi aniqlanib, kasallaniş holatlari ortganidan keyin, karantinni kuçaytiriş böyiça mas'ullarning xatti-harakatlarida pala-partişlik kuzatilmoqda.

Avvaliga Qaşqadaryo viloyat IIB YHXB boşliği A.Soatov 28 iyun soat 00:00 dan boşlab viloyat hududidan yengil maşinalarni çiqarmaslikni buyurgan audio tarqaldi. Köp ötmay viloyat IIB matbuot xizmati buni rad etib, Maxsus komissiya qaroriga amal qilinişini bildirdi.

Şuningdek, Içki işlar vazirligi xodimi Toşkentga kirişdagi çeklovlar bekor qilinişi haqida OAVga ma'lumot berdi, birozdan söng vazirlik buni rasman rad qilib, Maxsus komissiya qarori amalda ekanini ta'kidladi.

28 iyundan rasman kuçga kirgan, ammo hozirça töla amal qilmayotgan karantin qoidalari haqida uşbu havolada