Yangiyer shahriga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim betoblik tufayli vafot etgandi
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Nosirov Yangiyer shahrining yangi hokimiga aylandi.
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, shahar Kengashi deputatlari, viloyat va shahar sektorlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
G‘ofurjon Mirzayev Yangiyer shahrining sobiq hokimi haqida fikr bildirdi. Shaharga 2016 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Elyor Xo‘jayev 2022 yil iyulida vafot etgandi.

«Rahbarga eng avvalo xalq baho beradi. Elyor Xo‘jayev ham yomon faoliyat olib bormadi. Shaharni obodonlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lida ko‘zga tashlanarli ishlar qildi. Eng muhimi talabchan va harakatchan, mulohaza bilan ish ko‘radigan, uzoqni ko‘ra oladigan yosh rahbarlardan biri edi. Lekin umri qisqa ekan», dedi viloyat hokimi.
Viloyat hokimi 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Ural o‘g‘li Nosirov nomzodini Yangiyer shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

O.Nosirov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Jizzax politexnika institutini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
«Otabek Nosirov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirdi.
To‘plagan ish tajribasi orqali Yangiyer shahrining drayver yo‘nalishlarini yaxshi biladi, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha astoydil mehnat qiladi degan umiddamiz», - deya ishonch bildirdi G‘ofurjon Mirzayev.
Deputatlar nomzod bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va Otabek Nosirovni bir ovozdan shahar hokimi etib tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘qon universiteti Andijon filiali – yoshlar o‘qishni orzu qilayotgan ta’lim maskani
Jamiyat | 15:00
-
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
Jahon | 14:57
-
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘rmon yong‘inlari qoplagan Isroil, maqtangan Tramp va Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston – kun dayjesti
Jahon | 14:48
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025