Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori Akmal Saidov Andijonda huquqni himoya qiliş organi vakillari tomonidan fuqaroning kaltaklanişi va uning vafotiga sabab bölgan holat haqidagi savolga javob berdi.

«Bunday holatlar hali ham uçrayotganidan afsusdaman. Şuni aytişim mumkinki, Andijon viloyatidagi voqealar içki işlar organlari faoliyatiga nisbatan salbiy rezonans uyğotdi. Bu kabi bir-ikki holat içki işlar organlari amalga oşirayotgan işga soya soladi.

Bu iş Inson huquqlari böyiça Milliy markaz tomonidan şaxsan mening nazoratim ostida. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali eşitişim bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori, Içki işlar vaziriga murojaat qildim. Bundan taşqari, markaz xodimi Andijon viloyatiga yuborildi.

Barça aybdorlar qonunga köra javobgarlikka tortiladi. Ular noqonuniy uşlab turiş, vakolatlarni suiiste'mol qiliş moddalari böyiça ayblanmoqda, eng muhimi, bu Jinoyat kodeksining 235-moddasi. Bu qiynoqlar.

Hozir hammasini ayta olmayman. Sud-tibbiyot ekspertizasi belgilangan. Men bu yerda qiynoqlar bölgan deb hisoblayman. Ular qanday javobgarlikka tortilişi ekspertiza natijalari va sud tergovlaridan keyin ma'lum böladi. Sud tomonidan ayblov hukmi qabul qilinguniga qadar buni aytişim qiyin. Lekin şuni aytişim kerak, sud oçiq böladi», dedi Akmal Saidov.

U  Inson huquqlari böyiça Milliy markaz xodimi Andijonda marhumning oilasida bölgani haqida gapirdi.

«Xodimim Andijonga bordi. Marhumning oilasida böldi. Oila a'zolari undan nimani söraşganini bilasizmi? «Bizni blogerlar qiynab yuborişdi. Bizning qayğumizdan ular nima qilişmoqçi ekanini bilasizmi? Nima qilişmoqçi ekanliklarini bilmaymiz. Bizlarni blogerlardan himoya qiling». Bu marhum oila a'zolarining sözlari», deydi Saidov.

U bu kabi holatlarga reaksiya qiliş Ombudsmanning birinçi darajali majburiyati ekanini ta'kidladi.

«Inson huquqlari böyiça Milliy markaz xodimi viloyat prokurori, Içki işlar boşqarmasi boşliği bilan uçraşişi uçun xat yozdim. Men bu böyiça hamma gapni ayta olmayman, çunki hali iş yakunlanmagan. Men berilgan javobdan qoniqmadim. Markaz murojaatidan keyin Özbekiston Respublikasi boş prokurori bu işni öz nazoratiga oldi va bu iş hozir respublika tergov organlari darajasida olib borilyapti.

Ombudsmanning mintaqaviy vakilining javobi meni qalbimni xira qildi. Xodimim unga «Siz bu yerdasiz, siz viloyat vakilisiz» deganida u «Menga marhum oila a'zolaridan heç kim javob bermadi» debdi. Bu qanday javob? Men bu kabi holatlarga reaksiya qiliş ombudsmanning birinçi darajali majburiyati deb hisoblayman», - deydi Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori.