Olib borilgan ishlar davomida kompaniyaning texnik mutaxassislari 2G va 3G formatidagi baza stansiyalarini to‘rtinchi avlod tarmog‘ining ko‘rsatkichlarigacha «tezlashtirishdi» va tarmoq sig‘imini kengaytirishdi. Shu sababli, modernizatsiya nafaqat baza stansiyalari, balki radiorele liniyalariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Buning natijasida poytaxtning barcha hududlarida aloqa xizmatlarining zarur sifati ta’minlanadi, bu avvalambor, shahardagi aholi soni eng zich bo‘lgan joylarga taalluqli.

Qurilma yangilanishi uzatiladigan internet-trafik hajmini oshirish hamda mobil internetdan ko‘proq foydalanuvchilar foydalanishi uchun imkoniyat yaratdi. Shunday qilib, 2023 yilning sentabr holatiga ko‘ra, 4Gdan foydalanuvchi mijozlar soni 4,7 million kishini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 21% ga oshdi.

Tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha ham turar-joy mavzelari, ham fuqarolarning ommabop dam olish joylarini, jumladan, yirik bozorlar va savdo markazlariga tutash hududlarni qamrab oldi. Ushbu manzillar qatorida, Tashkent City Park, Compass va NEXT savdo markazlari, Abu Saxiy, Karvon, Chorsu bozorlari, Parkent, Yunusobod va Sergeli bozorlari kiradi. O‘tgan yili Beeline Uzbekistan bir qator savdo markazlari binolari ichida yuqori sifatli 4G qamrovini taqdim etgan bo‘lsa, endi kompaniya mijozlari ommabop savdo maydonlaridan tashqarida ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida kompaniya Humo Arena’ga tashrif buyuruvchilarni yanada barqaror va yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minlash maqsadida sport-ko‘ngilochar majmuasidagi tarmoq infratuzilmasini yangilashni rejalashtirmoqda.

2023 yilning yana bir muhim texnik loyihasi Toshkent metropolitenida Beeline Uzbekistan tarmog‘ining ishga tushirilishi bo‘ldi. Raqamli operator xizmatlari hatto yer ostida, poytaxtning barcha metro bekatlarida mavjud bo‘ldi.

«Uch million kishi doimiy istiqomat qiladigan megapolisda yuqori sifatli aloqani ta’minlash murakkab va keng ko‘lamli vazifadir. Modernizatsiya 247 ta baza stansiyalariga ta’sir ko‘rsatdi, ularning aksariyati hozirda LTE standartini, o‘nlab radiorele liniyalarini va bir qator boshqa infratuzilma obektlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Poytaxtning barcha o‘n ikki tumanida ilg‘or texnologiyalardan foydalandik va tarmoq sig‘imini oshirdik. Mobil trafik iste’moli doimiy ravishda o‘sib bormoqda va bizning tarmog‘imiz mijozlarga barcha raqamli xizmatlardan tezkor foydalanish talablarini hisobga olgan holda, oldinda bo‘lishi kerak», — deydi Toshkent va Toshkent viloyatida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Botirbek Beknazarov.