Respublika böylab, 3000 bola közi ojizlar uçun maxsus maktablarda ta'lim olmoqda. Ayni vaqtda 3000 bola risoladagidek ta'lim ololmayapti, bu ahvol yildan yilga yomonlaşyapti, deb hisoblaydi Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Boş direktori v.b.​ Komil Allamjonov.

7 dekabr kuni Toşkent şahar ixtisoslaştirilgan közi ojizlar maktab-internati​da  Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan mamlakat tarixida birinçi marta naşr etilgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining brayl alifbosidagi naşri taqdimotiga bağişlangan xayriya tadbiri ötkazildi. 

Unda ÖzMAA Boş direktori v.b. Komil Allamjonov ​imkoniyati çeklangan bolalarning iqtidori va malakasini rivojlantirişga kömaklaşuvçi boşqa turdagi adabiyotlar – badiiy adabiyotlar, turli qöllanmalardan ham foydalanişlari zarurligi haqida gapirib ötdi. 

«Lekin bunday kitoblarning yöqligi, şunçaki yaxşi ta'lim olişga şaroit yaratib berolmaganimiz bois, qançadan-qança iste'dodlarni kaşf qilolmayapmiz.​ Eng katta muammo bu oliy öquv yurtlarida közi ojizlar uçun öquv qöllanmalarining yöqligida. Bu toifadagi talabalar faqatgina ma'ruzada yozib olgan konspektlardan foydalana olişadi, xolos. Odatda talabalar ma'ruza vaqtida 10 foiz ma'lumotga ega bölişadi, qolgan axborotni esa kerakli adabiyotlardan özlaştirişadi. Közi ojiz talabalarda esa bunday imkoniyat afsuski yöq​», - deya ta'kidlagan u. 

Xayriya tadbirida öquvçilarga brayl alifbosidagi luğat, Konstitutsiya va boşqa kitoblar hadya etildi. Şu kuni öquvçilar tayyorlagan madaniy-ma'rifiy çiqişlar mehmonlarga namoyiş etildi. 

Ma'lumot uçun, közi ojizlar uçun ayni paytda maxsus kitoblar faqat bir dona bosmaxonada çop etiladi. Bundan taşqari, bosmaxona ma'naviy va moddiy jihatdan eskirgan. Bosmaxona hozirda yillik bor-yöği 18 tur darslik çop qilmoqda. Vaholanki, közi ojizlar maxsus maktabi uçun yana 48 tur darslik yetişmaydi. Taqqoslaş uçun, umumiy örta maktablarda bolalar butun maktab davri mobaynida 134 ga yaqin darsliklardan ta'lim olişadi. Ta'kidlaş joizki, gap örta ma'lumotning asosi hisoblanuvçi, lekin közi ojiz bolalar uçun çop etilmayotgan matematika, fizika, kimyo kabi fanlar haqida ketyapti​.