Prezident raisligidagi yiğilişda ötgan olti oyning özida turli nizolar tufayli 600 dan ziyod jinoyat sodir etilgani ta’kidlandi.

Ayollar jinoyatçiligining 40 foizga yaqini işlamaydigan yoki doimiy band bölmagan xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Bundan taşqari, jinoyatdan 2,7 mingga yaqin, oilaviy zöravonlikdan 20 mingga yaqin ayollar jabr körgan.

Davlat rahbari yaqinda Farğonada 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga olib, bu holat vaziyat qançalik oğirligini körsatib turganini aytdi.

Ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotgani qayd etildi.

Davlat rahbari yangi tuzilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi doirasida har bir tumanda:

  • ijtimoiy xizmatlarni «yagona darça» tamoyili asosida körsatadigan ijtimoiy xizmatlar markazlari;
  • psixolog, huquqşunos, ijtimoiy xodimdan iborat «mobil guruhlar»;
  • zöravonlikka uçragan ayollarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça «Koll-markazlar» taşkil qilişni topşirdi. 

Qiyin ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlar uçun huquqiy va psixologik yordam körsatiş xizmatini kengaytiriş vazifasi qöyildi.

Agentlik viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar barça hududlarda aholiga ijtimoiy kömak körsatuvçi «Inson» markazlarini işga tuşiradi.