“Albatta, xalqimizdan Komissiyaga kelib tuşgan barça muhim va dolzarb takliflarni bugun Sizlar bilan batafsil muhokama qiliş imkoniyatiga ega emasmiz. Men ularning ayrimlariga töxtalib ötdim, xolos.
Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan işlab çiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida körib çiqişni hamda referendum ötkaziş yöli bilan qabul qilişni taklif etaman.
Töğri, amaldagi qonunçiligimizga köra, parlamentning özi ham Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş vakolatiga ega.
Lekin, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qöllab-quvvatlaşi asosida referendum orqali amalga oşirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohiş-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi böladi, deb öylayman.
Bu “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyilga töla mos keladi. Şunda har bir vatandoşimiz “Yangi Özbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” deb yuksak ğurur bilan ayta oladi", dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qildi:
“Aziz yurtdoşlar, bugun notinç dunyoda, öta tahlikali zamonda yaşayapmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotida ğoyat mas’uliyatli davrni boşdan keçirmoqdamiz.
Yangi Özbekistonni barpo etiş maqsadida boşlagan barça islohotlarimiz har birimizning bugun va kelajakda farovon hayot keçirişimizni ta’minlaşga qaratilgan.
Har bir yurtdoşimiz öz hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, şa’ni va ğururini uluğlab, Vatani va xalqiga toğdek tayanç bölib yaşaşga qodir, erkin va azmu şijoatli insonlardir.
Şu bois barçamiz Konstitutsiyaga kiritiş taklif etilayotgan yangi norma va qoidalarni ongu tafakkurimiz, qalbimizdan ötkazib, ularga xolis va haqqoniy munosabatimizni bildirişimiz lozim.
Barçamiz Asosiy qonunimizda özimizni, oilamizni, mahallamizning orzu-umidlarini körişga intilayotganimiz – bu tabiiy va mutlaqo töğri".













