Tegişli qonunga muvofiq 2023 yil 1 maydan ma’muriy jarimalarni 15 kun içida tölaganlik uçun çegirma miqdori oşirilgandi. Bunda huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi. Mazkur tartib sud qaroriga asosan qöllanadigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilişi közda tutilgan.
Ammo oradan 1 oydan ortiq muddat ötganiga qaramay, sud qarorlari böyiça ma’muriy jarimalar uçun imtiyoz tizimi hali işga tuşmagani ma’lum böldi.
Oldinroq jamoatçilik faoli, sobiq imom Şavkat Hasanga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-2-moddasida nazarda tutilgan – diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş va tarqatiş ayblovi qöyilgani xabar qilingandi. U uşbu harakati uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari (6,6 mln söm) miqdorida jarimaga tortilgan.
Sobiq imom belgilangan jarimani tölaşda imtiyoz tizimidan foydalanmoqçi bölgani, ammo buning imkoni bölmagani haqida yozdi Ta’kidlaşiça, jarimani tölaş uçun unga kvitansiya berilmagan.
“Oila mavzusida çiqaradigan videolarimiz diniy mazmundagi material deb topilib, ularni din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasini olmaganimda aybdor deb topilgandik. Onlayn sud 23 may kuni bölib ötdi. Sudya 6 mln sömlik jarimaga hukm qildi. Bir neça kundan keyin Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudiga bordik va sud qarorini oldik. Ammo jarima tölaş uçun kvitansiya berilmadi. Telefon raqam berib, ertangi kun qönğiroq qilib söraşimiz aytildi.
Körsatilgan raqamga bir neça marta qönğiroq qildim. Bazada körinmayapti ekan. Ertaga sud bölganiga 14 kun böladi. 15 kun içida tölansa 50 foiz çegirma bölişi va 6 mln söm örniga 3 mln söm bilan jarimani yengillatilgan holatida tölaşim mumkin edi. Ammo men jarimani şu 15 kun içida tölay olmayapman. Bazada çiqmayapti ekan













