Yuliy Yusupov yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihalari haqida: qay biri yaxşi?
|03:20 / 22.11.201840 90511 min
Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori, iqtisodçi Yuliy Yusupov KUN.UZ uçun yozgan maqolasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksining ikki loyihasi haqida söz yuritadi.
Yuliy Yusupov
Şu yilning iyun oyida Özbekiston prezidenti «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjatda 2019 yil 1 yanvardan Özbekiston soliq tizimini tubdan özgartiriş közda tutilgan.
Soliq islohotini ötkaziş vaqti allaqaçon kelgandi. Qisqa qilib aytadigan bölsak, farmon quyidagi beşta asosiy masalani hal etişga qaratilgan:
1)mehnat uçun soliqni pasaytiriş — soliq juda balandligi xufyona iqtisodiyotning mavjud bölişida asosiy sabablardan biri bölmoqda;
2) soliq solişning soddalaştirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni tölaydiganlar örtasidagi soliq yuki darajasidagi sezilarli farqni bartaraf qiliş — bu farq korxonalar kengaymasligining omili bölmoqda, köpinça biznesni noraqobatbardoşlikka röbaro‘ qiliş, «xufyona» tarzda işlaşga majburlaş orqali işlab çiqariş hajmi oşişini qiyinlaştirmoqda;
3) qöşimça qiymat zanjirini şakllantirişga imkon bermayotgan va iqtisodiyotimizni jahon xöjaligida xomaşyo yetkazib beruvçiga aylantirib qöygan davlat maqsadli jamğarmalariga yuridik şaxslarning aylanmasidan (yalpi tuşumidan) undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qiliş;
4) işlab çiqaruvçilarimiz mahsulotini noraqobatbardoş, iqtisodiyotimizni esa investitsiyalar uçun jozibasiz qilayotgan iqtisodiyotga soliq yuki darajasini kamaytiriş;
5) bugungi kunda samarasiz bölib qolgan va biznes yuritiş xarajati sezilarli darajada oşişiga olib kelayotgan
Mavzuga oid
soliq ma'murçiligini tubdan takomillaştiriş.
Buning uçun farmon bilan quyidagilar közda tutilmoqda:
fuqarolarning mehnatga haq tölaş turidagi daromadlaridan byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga uşlab qolinadigan 8 foizlik suğurta badallarini bekor qiliş;
barça fuqarolar uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etiş;
yagona ijtimoiy tölov miqdorini soddalaştirilgan soliq tölaş tartibi uçun 15 foizdan 12 foizgaça va umumbelgilangan soliq tölaş tartibi uçun 25 foizga tuşiriş (byudjyet taşkilotlari va davlat korxonalaridan taşqari – ular uçun 25 foiz miqdoridagi stavka örnatiladi);
umumbelgilangan soliq tölaş tartibidagi korxonalardan davlat maqsadli jamğarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qiliş (yalpi tuşumdan 3,2 foiz);
yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği stavkasini 14 foizdan 12 foizgaça, tijorat banklari uçun 22 foizdan 20 foizgaça pasaytiriş (uyali aloqa kompaniyalari uçun ortiqça foydadan soliq hisoblaş tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgaça oşiriş);
dividendlar va foizlar körinişidagi daromadlar böyiça tölov manbaidan uşlab qolinadigan foyda soliği stavkasini 10 foizdan 5 foizgaça pasaytiriş;
yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inşootlardan, şu jumladan, ilgari xususiylaştirilgan obektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik şaxslar uçun yuqori stavkada soliq hisoblaş tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytiriş;
hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilişi tugallanmagan obektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qöşilgan qiymat soliğini hisobga oliş summalariga kiritiş huquqini beriş;
ötgan yil yakunlari böyiça yillik aylanmasi (yalpi tuşumi) 1 milliard sömdan oşgan yoki joriy yil davomida uşbu belgilangan çegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötkaziş;
yillik aylanmasi (yalpi tuşumi) 1 milliard sömgaça bölgan soliq tölovçilar uçun aylanmadan (yalpi tuşumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib çiqib hisoblaş va tölaş tartibini hamda ixtiyoriy ravişda qöşilgan qiymat soliğini tölaş imkoniyatini belgilaş.
Farmonda birinçi navbatda soliq soliş stavkalarining özgarişi hamda korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötkaziş kriteriylarini özgartiriş kabi muhim jihatlar belgilab berilgan. Şu bilan birga, soliq hisoblaş va tölaş tartibi qoidalari ham muhim sanaladi. Bu qoidalar 2018 yil 1 dekabrga qadar işlab çiqiladigan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida aks etişi lozim edi.
Ammo oktabrda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi 1 dekabrda taqdim etilmasligi, hujjat 2019 yil aprelida muhokamaga qöyilişi haqida xabarlar paydo böldi. Menimça, bu holat katta xatar bilan boğliq edi: «Kodeksga özgartirişlar kiritişning keçikişi juda yomon, çunki yangi stavkalarni soliq ma'murçiligi qoidalaridagi özgarişlar va aniqliklarsiz joriy etiş biznesga soliq va ma'muriy yukning kuçayişi, byudjyet parokandaligi va soliq islohotining inqiroziga olib kelardi».
Ammo oradan bir oy ham ötmasdan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining birdaniga ikkita loyihasi e'lon qilindi: Moliya vazirligi tomonidan ayrim bölimlar va Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA) loyihasi. Heç narsa bölmaganidan köra, ikkita bölgani yaxşi. Bunda muqobil variantlarni soliştiriş va yaxşiroğini aniqlaş imkoniyati paydo böladi.
Men moliyaçi va soliq soliş böyiça mutaxassis emasman. Ammo iqtisodçi sifatida taklif etilayotgan loyihalarning biznes yuritiş xarajatlari va mamlakatning iqtisodiy rivojlanişiga ta'sir körsatuvçi ayrim jihatlarini baholaşga urinib köraman. Meni ayniqsa, Kodeksning soliq ma'murçiligidagi eng murakkab — foyda soliği va qöşilgan qiymat soliği moddalari qiziqtiradi. QQS böyiça moddalarni taqqoslay olmaymiz, çunki Moliya vazirligi hozirça bu moddalar böyiça öz taklifini taqdim etmadi. Şuning uçun foyda soliği böyiça taqqoslaş bilan çeklanamiz.
Dastlab iqtisodiyot va biznes uçun prinsipial va öta muhim bölgan ikki jihatga e'tibor qaratsak.
Birinçi jihat. LBMA loyihasida tadbirkorlarga ekspluatatsiyasi boşlangan yilning özidaasosiy vositalarni100 foiz amortizatsiya qilişga ruxsat berilgan. Ya'ni, tadbirkor özining investitsion xarajatlarini köp yillik amortizatsiya jarayoni orqali emas, töliq hajmda foyda soliğidan çiqarişi mumkin böladi. Bu investitsion faoliyat uçun kuçli turtki demakdir.
Ikkinçi jihat. Foyda soliği tölaşning eng murakkab tomoni uning soliq soliş bazasini, ya'ni foydaning özi nima ekanligini aniqlaşda kelib çiqadigan bahsli savollardir. Mavjud Kodeksda va Moliya vazirligi loyihasida çiqarib taşlanadigan va çiqarib taşlanmaydigan xarajatlarning batafsil tavsifi berilgan. Aynan ular tavsifida biznes va soliq organlari örtasida kelişmovçilik paydo böladi. LBMA loyihasida esa faqatgina tadbirkorlar foyda miqdorini aniqlaşda çiqarib taşlab bölmaydigan xarajatlar röyxati hamda xarajatlarning ayrim turlari böyiça çeklangan me'yorlar keltirilgan. Fikrimça, mana şu yondaşuv soliq ma'murçiligidagi xarajatlarni qisqartiriş va soliq tekşiruvlaridagi korrupsiya darajasini pasaytiriş yölida oldinga taşlangan katta qadam hisoblanadi.
Endi har ikki loyihadagi foyda soliği solişning boşqa jihatlari haqida:
1. Mahsulotlar (iş, xizmat) tannarxidan past narxda sotilganida hamda ular beğaraz körsatilganida daromad qanday aniqlanadi? LBMA loyihasida soliq solinadigan daromad miqdorini «hujjat bilan yoki baholanayotgan taşkilot haqidagi baho töğrisidagi hisobotda tasdiqlangan bozor bahosidan kelib çiqib» aniqlaş taklif etilgan. Moliya vazirligi loyihasida esa «tannarxdan kelib çiqib» aniqlaş taklif etilgan. «Bozor bahosi» — nisbiy tuşunça bölgani sababli men Moliya vazirligi taklifini ma'qullagan bölardim. Soliq tölovçi uçun şunisi yaxşiroq.
2. Nihoyat, LBMA loyihasidan tadbirkorlarimizning soliq solinadigan «daromad»idan «ijobiy kurs tafovuti» degan turi çiqarib taşlangan. Nima uçundir bizning qonunçiligimiz milliy valyutaning qadrsizlanişini boyiş manbai deb hisoblaydi. Söm dollarga nisbatan 20 foizga tuşib ketsa, xorij valyutasi egalari 20 foizga boyidi deb hisoblanadi. Ğalati mantiq. U holda nima uçun bu vaqt içida sömdagi narxlar (inflyatsiya) qançalik kötarilgani hisobga olinmaydi? Balki 20 foizdan köproqqa oşgandir? Şunda heç qanday «boyiş» bölmagan böladi. Nima uçun faqatgina ijobiy kurs tafovuti hisobga olinadi? Tafovut salbiy bölganida uni zarar sifatida soliq soliş bazasidan ayirib taşlansa bölmaydimi? Ma'lum bölişiça, mumkin emas ekan. Mantiqqa mutlaqo zid holat. LBMA loyihasi mualliflari esa Kodeks loyihasidan bu mantiqsiz me'yorni çiqarib taşlaşgan. Moliya vazirligi loyihasi mualliflari, afsuski, qoldirişgan.
3. LBMA loyihasiga köra, kompaniya joriy soliq davridagi soliq solinadigan daromadni kamaytiriş uçun ötgan yillarning barça zararlaridan foydalanişlari mumkin. Amaldagi Soliq kodeksi va Moliya vazirligi loyihasida esa joriy davrdagi soliq solinadigan daromadning faqat 50 foizi deyilgan. Men LBMA variantiga qöşilaman.
4. Amortizatsiyaning çeklangan normasi qanday (ya'ni, kompaniya mulk qiymatining qança qismini xarajatga kiritişi mumkin)? Moliya vazirligi loyihasida: «Mulk amortizatsiyasining çeklangan normalari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi», deyilgan. LBMA loyihasida asosiy vositalarning barça toifalari böyiça amortizatsiyaning çeklangan normalari körsatilgan va bu Kodeksni töğridan-töğri ta'sir körsatadigan huquqiy hujjatga aylantiradi. Juda töğri!
5. Har ikki loyihada foyda soliği bir çorakda bir marta tölanişi körsatilgan. Moliya vazirligi loyihasida hisobot ham har çorakda topşirilişi aytilgan. LBMA loyihasida hisobot yillik bölişi közda tutilgan (arzimasdek körinadi, lekin yoqimli — soliq ma'murçiligi soddalaşadi). Ammo u holda qança tölaş kerak? Javob: ötgan yil yakunlari böyiça hisoblangan soliqning çorak qismi. Bunda «agarda kutilayotgan foyda soliği miqdori... ötgan yilgi soliq davrida hisoblangan summaga nisbatan 50 foizdan köproqqa qisqaradigan bölsa, u holda soliq tölovçi joriy tölov miqdorini kamaytiriş huquqiga ega» bölib, bunda davlat soliq organini öz vaqtida xabardor qiliş talab etiladi. Menga bu yoqdi.
6. LBMA loyihasi çiqarib taşlanmaydigan xarajatlarning torroq röyxatini taklif etadi. Masalan, tadbirkor soliq soliş bazasidan xayriya xarajatlarini (çeklangan normativ belgilangan tarzda), xöjalik şartnomalari şarti buzilganligi uçun tölangan jarima, penya va boşqa barça sanksiyaviy tölovlarni (byudjyetga tölangan jarima va penyalardan taşqari) çiqarib yuborişi mumkin. Bundan taşqari, Moliya vazirligi vakillik xarajatlarini çiqarib taşlanadigan deb hisoblasa, LBMA loyihasida bu xarajatlar uçun foydaning 1 foizi miqdorida normativ belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksini özgartiriş böyiça foydali takliflarni ikkala loyihadan ham topiş mumkin, bunda LBMA loyihasida (foyda soliği soliş masalalari böyiça) bunday takliflar köproq. Endi bu hujjatlarni bir-biriga qarşi qöymaslik, aynan öz loyihasini ma'qullatiş uçun ma'muriy imkoniyatlarni işga solmaslik, har ikki loyihaning eng maqbul jihatlarini oliş va şu asosda mavjud Kodeksni tahrir qiliş talab etiladi.