“Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş va davlat buyurtmasini joylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-2025 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim taşkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant va ta’lim granti şaklida ajratiş töğrisidagi taklifi ma’qullandi.
Belgilanişiça:
a) ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant qonunçilikda belgilangan imtiyoz böyiça davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, şuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va taşkilotlarining grantlari sohiblari uçun ajratiladi;
b) ta’lim granti davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim taşkilotiga qabul qilingan talabalar uçun ajratiladi;
v) 2024-2025 öquv yilidan boşlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir öquv yili uçun ajratiladi. Bunda:
- ta’lim granti birinçi kursda oliy ta’lim taşkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kiriş imtihonlarida yuqori ball töplagan talabalarga ajratiladi;
- ta’lim granti ikkinçi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting körsatkiçlariga erişgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan tabaqalaştirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
- ta’lim granti tabaqalaştirilgan tartibda moliyalaştiriladi va stipendiya faqat töliq ta’lim grantini yutgan talabalarga tölanadi;
- ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant sohibi bölgan talabalarga davlat granti ularning öqiş davri uçun töliq hajmda taqdim etiladi;
- ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning öqişni tamomlaganlaridan söng kamida 3 yil işlab beriş majburiyati bekor qilinadi.











