Boş prokuratura Termiz şahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar örinbosari va boşqa mansabdorlarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça nihoyat rasmiy axborot berdi.
Unda keltirilişiça, Termiz şahar hokimligi sobiq mansabdor şaxslariga nisbatan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 167- (talon-toroj), 205- (vakolatini suiiste’mol qiliş) va 209-(mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
24 sentabr kuni Termiz şahar sobiq hokimi, keyinçalik uning 2 nafar örinbosari va jinoyatga aloqador boşqa 8 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirgaça Termiz şahar hokimiyati sobiq mansabdor şaxslari tomonidan davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd söm zarar yetkazilgani aniqlangan.
“Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, deyiladi Boş prokuraturaning Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda.
Kun.uz avvalroq, Özbekiston Milliy axborot agentligiga tayanib, Isroil Xudoyberdiyev va boşqalar tomonidan davlat budjetiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 19,7 mlrd söm ekani haqida xabar bergandi.
Gazeta.uz esa hibsga olingan mansabdor şaxslar “Yaşil dunyo” savdo majmuasi qurilişi davomida 14,8 mlrd sömni özlaştirganlikda gumonlanayotgani haqida yozgandi.
ÖzA mazkur jinoyat işi bevosita Boş prokuratura tomonidan qözğatilgani, Gazeta.uz esa tergov harakatlari Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Şunga qaramay, Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov bu keys böyiça ma’lumotga ega emasligini bildirgandi.
Mahkama sobiq hokimga nisbatan qözğatilgan yirik jinoiy iş haqida bir oy davomida nima sababdan sukut saqlanib kelgani e’tiborga molik. Boş prokuratura bu korrupsion holat haqida OAVda xabar tarqalganidan keyingina bu haqda rasmiy ma’lumot bermoqda.












