Bugun Tojikiston mustaqil kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan amaldagi davlat rahbari Imomali Rahmon prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilgan.
Mustaqil Tojikistonning uçinçi prezidenti hisoblanuvçi 67 yoşli Imomali Rahmon 1994 yildan buyon prezidentlik kursisini egallab turibdi. U 1994, 1999, 2006, 2013 yilgi saylovlarda ham iştirok etib ğolib çiqqan. Bu saylov Imomali Rahmon uçun beşinçisi.
Tojikistonda prezident 7 yilga saylanadi.
Navbatdagi saylovlar 11 oktabr kuni bölib ötadi. Bugungaça 4 ta siyosiy partiya hamda Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi prezidentlik sayloviga öz nomzodlarini körsatgan.
Jumladan, 22 avgust kuni Tojikiston Sotsialistik partiyasi yetakçisi, mamlakat parlamenti deputati Abduhalim Ğafforov, 23 avgust kuni Tojikiston demokratik partiyasi rahbari Saidja'far Usmonzodaning prezidentlik lavozimiga nomzod sifatida ilgari surilgani xabar qilingan edi.









