“Ba’zi mas’uliyatsiz ommaviy axborot vositalari OCCRP ma’lumotlariga tayanib, taniqli tadbirkor, moliyaçi va metsenat Alişer Usmonovning singlisi Saodat Burhonovna Narziyevaning şaxsiy hisobraqamlariga qöyilgani aytilayotgan katta pul mablağlari haqida haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Saodat Narziyevaning mablağlari va şaxsiy hisobraqamlariga oid bu ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi.
“Bu mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi va Alişer Usmonovning obröyiga putur yetkaziş maqsadida tarqatilmoqda. Ma’lumotni tarqatganlar “qovurilgan faktlar”ga havola qilib, jurnalist etikasi me’yorlarini e’tiborsiz qoldirgan. Uşbu yolğon ma’lumotlarning e’lon qilinişi Alişer Usmonovning şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obröyiga putur yetkazadi”, deyiladi axborotda.
Alişer Usmonovning matbuot xizmati tuhmat ma’lumotni tarqatganlarni javobgarlikka tortiş, jabrlanganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça qonuniy çoralar körilişini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Şveytsariyaning kreditlar böyiça ikkinçi yirik Credit Suisse bankidan sizib çiqqan hisob ma’lumotlarida 4 nafar özbekistonlik nomi ham tilga olingandi.












