Indoneziyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarining taekvondo böyiça bahslarida Özbekiston terma jamoasi a'zosi kumuş medalni qölga kiritdi.

Dmitriy Şokin (+80kg) finalda eronlik raqib bilan kuç sinaşdi. 2:1 hisobida oldinda borayotgan Şokin sönggi lahzalarda taşabbusni raqibga berdi va 2:3 hisobida yutqazib qöydi. Özbekiston vakili kumuş medalni qölga kiritdi.
Şokin bundan tört yil avval Inçeonda ötkazilgan öyinlarda ham finalda imkoniyatni boy bergandi. Öşanda u koreyalik taekvondoçiga 6:7 hisobida yutqazib qöygan.



Eslatib ötamiz, avvalroq Svetlana Osipova (+67kg) bronza medali sohibasiga aylangandi.












