Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Koronavirusga tekşiruvdan ötiş tartibi ma'lum qilindi
Koronavirusga tekşiruvdan ötiş tartibi ma'lum qilindi 👉 https://kun.uz/26072715
Posted by
on Wednesday, March 18, 2020
«Agar körik paytida koronavirus belgilari bölmasa hamda öşa odam boşqa kasallar bilan muloqotda bölmagan bölsa, tekşiruv maqsadga muvofiq emas.
Tekşiruvdan ötkaziş mumkin, qaçonki, körsatma bölgan taqdirda», – dedi Almatov.
Uning aytişiça, xususiy davolaş muassasalarida hozirça bu kabi tekşiruvlar yölga qöyilmagan.
«Xususiy davolaş muassasalarida koronavirusga tekşiriş maqsadga muvofiq ham emas. Çunki bu – yuqumli kasallik. Şuning uçun, fuqarolarimiz özining soğliğini nazorat qilsa, bu özi uçun foyda», – dedi Özbekistonning boş davlat sanitariya vraçi.
Eslatib ötamiz, koronavirusning asosiy törtta belgisi quyidagilardir:
– Isitma
– Yötal, aniqroği quruq yötal
– Nafas olişning qiyinlaşişi. Bu – aynan koronavirusga xos.
– Xorijga çiqib kelganlik yoki xorijda bölib qaytgan odamlar bilan aloqada bölganlik.












