O‘zbekiston | 10:06 / 11.07.2020
38788
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12,2 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 179 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 11 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12206 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

10 iyul kuni jami 463ta yangi holat qayd etildi, 3 bemor vafot etdi va 243 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 7530 nafarga yetgan.

Hozirda shifoxonalarda 4621 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid